So’nggi yangiliklar

14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  1 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  0 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  7 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  3 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  1 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  6 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  4 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  6 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  6 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  16 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  20

Bahrom Haydarov: "Uzoq kutilgan g'alabaga erishdik" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Uzoq kutilgan g'alabaga erishdik"

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Qo'qon-1912" (1:2) uchrashuvidan so'ng "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Uchrashuvni yaxshi boshladik, futbolchilarimiz ko'rsatmalarni bajarishdi. Birinchi gol urilgandan keyin jamoamizda ozgina bo'shashish ko'rindi. Bosim kamayib qoldi va taym o'rtalariga kelib "Sho'rtan" ustunlikni qo'lga ola boshladi. Raqibda ham vaziyatlar bo'ldi. Qarshi hujumda ikkinchi golni urganimizdan keyin yana bo'shashib qoldik. Hisob 2:0 bo'lgach futbolchilar buyog'iga hisobni saqlab qolish haqida o'ylay boshlashdi. Natijada gol o'tkazib yubordik. Agar vaziyatlar bo'yicha olib qarasak, "Sho'rtan" hisobni tenglashtirib qolmay hatto yutib ketishi ham mumkin edi. Uzoq kutilgan g'alabaga erishdik. Bu g'alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman.

- "Sho'rtan" jamoasini o'yindan oldin tahlil qilganda ko'proq nima etiboringizni tortdi?

- G'uzorliklar to'p bilan yaxshi muomala qiladi, futbolchilari to'pni yaxshi ushlaydi. Avvalgi murabbiyda ham shunday edi, hozir ham shunday. Qolaversa tarkibda Timur Mamasiddiqov bor, u juda tezkor va yaxshi futbolchi.

- "Sho'rtan"dan borib qo'shilgan Jasur Xolto'raev jamoagiz o'yinini kuchaytira oldimi?

- Jasur juda mehnatkash futbolchi. Himoyachilarni tinch qo'ymaydigan hujumchi. Unda ko'p vaziyatlar bo'lyapti. Jasur hozircha uchta gol urdi va o'ylaymanki, uning gollari ko'p bo'ladi.

- Matbuot anjumanlarida "Hozir gapirsak bahonaga o'xshab qoladi" degan gapni ko'p ishlatyapsiz.

- Futbolchi paytimda, murabbiylik faoliyatimda ketma-ket yuta olmaslik seriyasi bo'lmagan. 7-8ta turdan beri faqat yutqazdik. Xatolarning ko'pi bir xil. Xatolarni aytamiz, o'yinga kelganda yana takrorlanadi. Shuning uchun ham har bir gapimiz bahonaga o'xshab qolyapti dedim. Ko'p gapirmasdan ishlashga harakat qilyapmiz.

- Shu o'yinlar oralig'ida rahbariyat tomonidan sizga nisbatan "Bu sen uchun oxirgi imkoniyat" degan gap bo'ldimi?

- Yo'q. Rahbariyat ishonishda davom etyapti va biz ham shunga yarasha qattiq mehnat qilyapmiz. Kubokni qo'shib hisoblaganda 10ta uchrashuvda yuta olmadik, lekin rahbariyat hech bir o'yindan oldin bu oxirgi imkoniyat demadi. Nasib qilsa hali o'zimizni ko'rsatib, jamoani yuqoriga ko'taramiz. Biz maqsad sari harakat qilyapmiz. Ishqibozlarni to'g'ri tushunamiz. Klubimiz rahbariyatiga esa rahmat aytaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика