So’nggi yangiliklar

10:15"Нефтчи" собиқ мураббийи билан ҳисоб-китоб қилди  0 09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  8 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун таҳминий таркиби  7 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  5 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  3 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  17 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  6 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  2 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  37 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1

Mirko Yelichich: "Yuragimning yarmi "Olimpik"da, yarmi "Lokomotiv"da bo'ldi" Yangiliklar

Mirko Yelichich: "Yuragimning yarmi "Olimpik"da, yarmi "Lokomotiv"da bo'ldi"

Pro-liganing 11-turi doirasidagi "Olimpik" - "Lokomotiv" bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirko Yelichich matbuot anjumanida qatnashdi.

- Oldindan bu o'yin qiyin o'tishini bilardik. Hozir Pro-ligadagi barcha jamoalar yaxshi tayyorgarlik ko'rishmoqda, kayfiyat ham yaxshi bo'lmoqda. Shu sababli istalgan o'yin qiyin o'tadi, mana bugun ham shunday bo'ldi. Urilishi kerak bo'lgan bir qancha vaziyatlar bo'ldi. "Olimpik" ham harakat qildi va futbol o'ynashga intildi.

- Bunga qadar "Olimpik"da ishlagansiz. Sobiq jamoangizga qarshi o'yin haqida.

- Ha, bir tomondan qiyin, bir tomondan bu haqida gapirish kulgili. Chunki yaqindagina shu erda ishlayotgandim. Bugun ularning o'yini menga yoqdi. Jamoada yaxshi murabbiylar ish olib borishmoqda. Boshqa jamoadan bo'lib turib, boshqa jamoaga etibor berish qiyin. Ammo jamoadagi futbolchilar bir-birini qo'llab-quvvatlashi, futbol o'ynashga harakat qilayotgani menga maqul keldi. Bizga uch ochko juda ham kerak edi. Sobiq jamoam deb qarab o'tirolmasdim. Lekin yuragimning yarmi "Olimpik"da, yarmi "Lokomotiv"da bo'ldi. Chunki o'g'lim ham "Olimpik"da o'ynamoqda.

- Jamoaga yangi kelgan futbolchilar haqida fikringiz. Mavsumning ikkinchi yarmi oldidan jamoaga 6 futbolchi kelib qo'shildi. 

- Barchasini vaqt ko'rsatadi. Yigitlar bir-birlarini tushunishni boshlashmoqda. Hozircha yomon emas. Moslashish yakunlanmas ekan, asosiy tarkib uchun kurashish oson bo'lmaydi. Biroq rivojlanishda davom etish kerak, chunki chempionat davom etmoqda va rivojlanishda, izlanishda harakat qilamiz. Yangi kelganlar o'zlarining kuchli tomonlari bilan bizga yordam bera oladi.  Yangilar ushbu ligada, ushbu jamoada o'ynashgan va shu sababli jamoa sifatida hali o'sa olishadi. 

- Sadriddin Abdullaevga savol: rahbariyatdan asosiy tarkibda ishlash taklifi berilganida birdaniga rozi bo'ldingizmi?

Sadriddin Abdullaev: - Jamoaga Mirko Yelichich kelayotganini bilganim uchun birdaniga rozi bo'ldim. Chunki hali o'sishim, o'rganishim kerak. Sekin-sekin o'rganyapmiz, hali o'rganadiganimiz ko'p. O'rganishda davom etamiz va "Lokomotiv"ni o'z joyiga qaytarishga harakat qilamiz. 

- "Lokomotiv"ning U19 jamoasining o'yin uslubi asosiy tarkibning o'yin uslubiga o'xshab ketadi. Bu haqida fikringiz.

- Futbolchiligimda Mirko Yelichichdan ko'p narsani o'rganganman, murabbiy sifatida ham. Shunda men ham U19 jamoani Mirkoning o'yin uslubi kabi moslashtirishga harakat qilganman. Yelichichning nimalarni talab qilishini, istashini bilaman. Balki shu sabablidir o'yin uslub o'xshab ketadi. Lekin mening hali o'rganadiganim juda ko'p. Bir oydan beri birga ishlayapmiz, bilmaganlarim hali juda ko'p ekan.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
14 avg 06:08:44
Elyor Haydarov
Елични бошида Олимпик бекор куйган у ешлар ни менимча яхши бошкарса олмади юрагини хаммасини берса хам бу хато эди
   
13 avg 22:44:17
Жамшид Jamshid
Бу уйинида Ким ютишини футболга тушунмаган хам билади
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика