So’nggi yangiliklar

22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  32 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0

SHuhrat Maqsudov: "SHiddatli o'yin bo'lishini oldindan taxmin qilgandik" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "SHiddatli o'yin bo'lishini oldindan taxmin qilgandik"

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" (2:2) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbon jamoa ustozi SHuhrat Maqsudov ishtirok etdi.

- Avvalo AGMK jamoasini kechagi g'alabasi bilan tabriklayman! CHempionlar ligasining guruh bosqichida "Paxtakor"ga ham, do'stim Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMKga ham shaxsan o'zim va "Bunyodkor" nomidan omad tilayman!

Bugungi uchrashuvda shunday shiddatli va jangovar o'tishi oldindan malum edi. CHunki "So'g'diyona" jamoasi hali mag'lub bo'lgani yo'q. Qolaversa, yuqori o'rinlar uchun kurash olib bormoqda. 

Birinchi bo'limda futbolchilarimiz o'zlariga "o'xshamadi". Hozir nega bunday bo'lganini aytish qiyin. Tanaffusdan so'ng o'z o'yinimizni topib oldik. Garchi durangga erishgan bo'lsak-da, yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan ishqibozlarimizga ham minnatdorchilik bildiraman!

Malumki, mavsum avvalida jamoamizning asosiy tarkibidan 6 nafar o'yinchi boshqa klubga o'tib ketgandi. To'g'ri, ularning o'rnini yangilar bilan to'ldirdik, biroq baribir yo'qotishlarning o'rni bilinyapti. Umid qilamanki, davralar oralig'ida poziciyalardagi kamchiliklarni to'ldiramiz.

Norxonovni bosh bilan yaxshi o'ynashini bilardik. Buni uchrashuvdan oldin futbolchilarga ham aytgandik. Norxonov gol urgan vaziyatda bizning o'yinchilar qandaydir diqqatni yo'qotib qo'yishdi. Bu SHohruzning mahorati ham deyish mumkin.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика