SHuhrat Maqsudov: "Alamli mag'lubiyat"
14 may 2021 21:26
Yangiliklar
SHuhrat Maqsudov: "Alamli mag'lubiyat"
O'yin haqida
O'yinga to'xtalishdan oldin butun xalqimizni Hayit bayrami bilan tabriklayman. Uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsam, AGMK jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Juda alamli mag'lubiyat. Bu futbol. O'zingiz ham ko'rdingiz, 1-taymda o'yinni to'liq nazorat qildik. Hatto 2-bo'limdagi penaltili vaziyatgacha ham ustunlik biz tomonda edi. Vaziyatlardan foydalana bilmadik. Futbolda shunaqa: sen urmasang, senga urishadi.
- Nimani evaziga ustunlik raqib tomonga o'tib ketdi, deb o'ylaysiz? Qizil kartochka, hisob ham "Bunyodkor" foydasiga edi...
- Yana bir bor takrorlayman. Biz ustunlikni topshirib qo'ymadik. SHunchaki, vaziyatlardan foydalana bilmadik — omad kelmadi. 1:0 bo'lib turganda yana bitta gol ursak, ehtimol, barchasi boshqacha bo'lar edi. Bu futbol. Men shogirdlarimga ham o'yin uchun minnatdorchilik bildirdim. To'g'ri, yutqazdik. Lekin hayot davom etadi.
Fikrlar