Mirko Yelichich: "Biz 60 daqiqa yaxshi o'ynadik"
29 iyu 00:10
Yangiliklar


Mirko Yelichich: "Biz 60 daqiqa yaxshi o'ynadik"
Pro-Liganing 8-turidan o'rin olgan "Olimpik Mobi Uz" - "Olimpik" uchrashuvidan so'ng (4:0) mehmonlar bosh murabbiyi Mirko Yelichich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Bugungi o'yinda eng kuchli jamoaga qarshilik qildik. Biz 60 daqiqa yaxshi o'ynadik, keyin esa o'yinni tashlab yubordik. Koncentraciya va disciplina yo'qoldi. Poziciyalarni yo'qotdik. Yaxshi va yomon jihatlarni kuzatdim" - dedi Mirko Elichich bugungi bahs haqida.
- Ikkinchi davrada "Olimpik" kuchayadimi?
- Izlanmoqdamiz. Ayrim jamoalar futbolchilarni berishga tayyor, ammo menga kerakli bo'lgan futbolchilar esa band.
- Jamoadan nechta futbolchi ketishi mumkin?
- Ko'p futbolchilar ketadi deb o'ylamayman. Ular hali akademiya futbolchilari. Klublar esa yosh futbolchilarni ko'p o'ynatishmaydi. Yoshi katta futbolchilarimizga esa talab kam.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar