Mirko Yyelichich: "Biz 60 daqiqa yaxshi o'ynadik"

Mirjalol Normatov
29 iyun 2025
Pro-Liganing 8-turidan o'rin olgan "Olimpik Mobi Uz" - "Olimpik" uchrashuvidan so'ng (4:0) mehmonlar bosh murabbiyi Mirko Yyelichich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugungi o'yinda eng kuchli jamoaga qarshilik qildik. Biz 60 daqiqa yaxshi o'ynadik, keyin esa o'yinni tashlab yubordik. Koncentraciya va disciplina yo'qoldi. Poziciyalarni yo'qotdik. Yaxshi va yomon jihatlarni kuzatdim" - dedi Mirko Yelichich bugungi bahs haqida.

- Ikkinchi davrada "Olimpik" kuchayadimi? 

- Izlanmoqdamiz. Ayrim jamoalar futbolchilarni berishga tayyor, ammo menga kerakli bo'lgan futbolchilar esa band.

- Jamoadan nechta futbolchi kyetishi mumkin?

- Ko'p futbolchilar ketadi deb o'ylamayman. Ular hali akademiya futbolchilari. Klublar esa yosh futbolchilarni ko'p o'ynatishmaydi. Yoshi katta futbolchilarimizga esa talab kam.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia