So’nggi yangiliklar

09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  1 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  9 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  10 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  8 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  11 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  20 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  3

Vitaliy Levchenko: "Agar realizaciya yaxshiroq bo'lganida, o'yin natijasini hal qilib bo'lgan bo'lar edik" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Agar realizaciya yaxshiroq bo'lganida, o'yin natijasini hal qilib bo'lgan bo'lar edik"

Superliga 14-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Neftchi" uchrashuvidan so'ng (1:1) farg'onaliklar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.


"Sifatli va yaxshi o'yin o'tkazdik. Vaziyatlar ham yaratildi, ammo realizaciya masalasida muammolar bor. Rikoshet tufayli gol o'tkazib yubordik. Shu sababli o'zimiz yaratgan vaziyatlar foydalanishimiz kerak. Bugun buni uddalay olmadik. O'yinni va to'pni nazorat qildik" - dedi Vitaliy Levchenko bahs yakunlangach.

- Jamoa kuchli tarkibga ega, ammo bor-yo'g'i bir nafar hujumchi bilan o'ynamoqda. Taktikani o'zgartirish vaqti kelmadimi?

- Qaysi hujumchi?

- Masalan, Muhammadali G'iyosov.

- U qanot yarim himoyachisi.

- Marushich ham bor-ku.

- Qaydnomani qaradingizmi? Siz qaydnomaga qaraysizmi o'zi? Birinchi qaydnomaga qarang va keyin savol bering.

- Jamoangiz to'liq ustunlik qilganiga qaramay, raqib darvozasiga berilgan zarbalar sonini barmoqlar bilan sanab olish mumkin. Buning sababi nimada?

- Darvoza to'sinini ikki marotaba nishonga oldik. Bular ham zarba hisoblanadi. To'p o'zi borib qolmaydi-ku. Biz ham ko'proq zarbalar bo'lishini istaymiz. Golni ham uzoq masofadan yo'llangan zarba orqali kiritdik.

- "Neftchi" ko'p hujum qilmoqda, ammo darvoza yaqinida ijro yo'q...

- Men ham shuni aytyapman. Vaziyatlar yaratyapmiz, ammo ulardan foydalanmadik. Agar realizaciya yaxshiroq bo'lganida, o'yin natijasini hal qilib bo'lgan bo'lar edik.

- "Qizilqum"ni qanday o'rganib chiqqan edingiz. Yaqindagina jamoada bosh murabbiy o'zgardi...

- Biz murabbiylar o'zgarganiga qaramaymiz. Jamoa namoyish etayotgan o'yinni tahlil qilamiz. "Andijon"ga qarshi o'yinda ishtirok etishgan edi. Albatta, ko'ramiz va o'rganamiz.

- "Qizilqum" jamoasining hozirgi o'yini musobaqa jadvalida nechanchi o'ringa loyiq deb o'ylaysiz?

- Jamoa namoyish etayotgan o'yin, egallab turilgan pog'onaga mos. Bizda ham xuddi shunday.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика