SHuhrat Jo'raev: "Nima ham derdim, "Nurafshon"ni g'alaba bilan tabriklayman"
18 may 2018 21:27
Yangiliklar


SHuhrat Jo'raev: "Nima ham derdim, "Nurafshon"ni g'alaba bilan tabriklayman"
O'zbekiston Pro-ligasi 10-turi doirasida "Nurafshon" - "Labsa" uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi SHuhrat Jo'raev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Bugun ikki jamoa ham g'alaba uchun maydonda harakat qilishdi. Turnir jadvaliga nazar solsak, ikki klub ham yonma-yon ketishayotgandi. Bu esa bahsdan oldin jamoalarning kuchi teng ekanligini bildiradi.
Futbolda g'alaba bilan mag'lubiyat birga yuradi. Nima ham derdim, "Nurafshon"ni g'alaba bilan tabriklayman. Mag'lubiyat bizga kamchiliklarimizni ko'rsatib berdi. Keyingi o'yinlarga tayyorgarlikni kuchaytiramiz va maqsadimizga etishishga qattiq intilamiz", - dedi Jo'raev.
"Labsa" jamoasi matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar