So’nggi yangiliklar

13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  2 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  5 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  2 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  16 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  0 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  7 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  5 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  1 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  2 08:08Бугун финал!  11 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  17 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  11

Evro-2024. SHotlandiya va SHveycariya murosa ko'chasini tanlashdi Yangiliklar

Evro-2024. SHotlandiya va SHveycariya murosa ko'chasini tanlashdi

SHotlandiya hamda SHveycariya o'rtasida Evro-2024 guruh bosqichining 2-tur uchrashuvi o'tkazildi.


Scotland

Scott McTominay - 13'

EURO Grp. A . 2-tur

20/06/2024, 01:00

1
:
1
Tugadi

Switzerland

Xherdan Shaqiri - 26'

Stadion: RheinEnergieSTADION, 42711 tomoshabin

Bosh hakam: Ivan Kruzliak

45'
90'
13'  Scott McTominay
13'  Callum McGregor
51'  Scott McTominay
61'  Kieran Tierney (Scott McKenna)
68'  Scott McKenna
71'  John McGinn
79'  Billy Gilmour (Kenny McLean)
90'  John McGinn (Ryan Christie)
90'  Che Adams (Lawrence Shankland)
26'  Xherdan Shaqiri
31'  Ricardo Rodriguez
60'  Xherdan Shaqiri (Breel Embolo)
75'  Remo Freuler (Vincent Sierro)
75'  Ruben Vargas (Fabian Rieder)
86'  Vincent Sierro
86'  Silvan Widmer (Leonidas Stergiou)
86'  Dan Ndoye (Zeki Amdouni)

SHotlandiya – SHveycariya 1:1 (1:1, 0:0)

"ReynEnergiSHtadion"

Gollar: 1:0 – 13 Maktominey, 1:1 – 26 SHakiri.

SHotlandiya – Gann, Ralston, Xenli, Tirni (Makkenna, 61), Xendri, Robertson, Makgregor, Maktominey, Gilmor (Maklin, 79), Makginn (Kristi, 90), Adams (SHenklend, 90).

SHveycariya – Zommer, Vidmer (Stergiu, 86), Rodriges, SHer, Akandji, Ebisher, SHakiri (Embolo, 60), Jaka, Froyler (Serro, 75), Vargas (Rider, 75), Ndoye (Amduni, 86).

Ogohlantirishlar: Rodriges (31), Maktominey (51), Makkenna (68), Makginn (71), Serro (86).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. SHotlandiyaliklar bahs oxirida gol urishi mumkin edi, ammo jarima maydonchasiga uzatilgan to'pga hech kim eta olmadi.

89. SHveycariyada standart. Qanotdan to'p jarima maydonchasi ichiga uzatildi. ZARBAAA... Riderning zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

87. SHotlandiyaliklarning hujumi zarba bilan yakun topdi, ammo Zommer to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

82. GOOOL! YO'Q! OFSAYD! Embolo shotlandiyaliklar darvozaboniga qarshi duelda g'alaba qozondi, ammo yon hakam bayroqchasini ko'tardi. VAR tezda hakam qarorini tasdiqladi.

74. SHveycariya safida o'zgarishlar: Vargas a Froyler maydonni tark etdi. Rider va Serrolar bahsga qo'shilishdi.

70. So'nggi bir necha daqiqa ichida ko'proq shotlandiyaliklar hujum uyushtirmoqda.

67. ZARBAAA! Jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni Xenli darvoza tomonga burishga urindi. To'p ustunga tegib qaytdi.

65. Gilmur uzoq masofadan Zommer qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qilishga urindi, to'p himoyachiga tegib, maydonga qaytdi.

61. SHotlandiyaliklar safida Tirni jarohat sabab maydonni zambilda tark etdi. Unga sog'liq tilaymiz. 

58. NDOYEEE! VOY VOYEY! Ndoye darvozabon bilan birga-bir chiqib, uni darvozani ishg'ol qila olmadi.

54. Hujumlar tashkil qilish navbati SHveycariyaga etdi.

49. SHotlandiyaliklar yana taym boshida faollik ko'rsatmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

FAKT: SHerdan SHakiri so'nggi uch Evro va oxirgi uch JCHda gol urgan yagona futbolchiga aylandi.


45. Birinchi bo'lim yakuniga etdi

41. Akanji shotlandiyaliklarning ajoyib pasini yo'qqa chiqardi. U to'pga ulgurmaganida yakun achinarli bo'lardi.

38. SHotlandiya hujumda qoida buzdi, o'ta xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi.

33. Hozirgina o'ta xavfli vaziyat yaratgan Ndoye raqib darvozasini ishg'ol qildi, biroq u ofsaydda edi.

32. Ndoyening xavfli zarbasini Gann bir amallab qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

28. SHveycariya hisobda oldinga o'tib olishi mumkin edi, ammo mehmon jamoa vakilining bergan zarbasi noaniq ketdi.

25. SHAKIRIII! SHerdan SHakiriraqibning xatosidan foydalanib, juda chiroyli traektoriya orqali raqib darvozasini ishg'ol qildi!

13. GOOOL! MakTominey! SHotlandiya terma jamoasining tezkor qarshi hujumi gol bilan yakun topdi. MakTominey qulay vaziyatda to'pni darvozaga yo'lladi, ammo o'zini posbon deb o'ylagan SHveycariya vakili SHer to'pni qaytarman deb, darvozaga joylab qo'ydi. To'pga tegmaganda Zommer to'pni ushlab olardi.

6. Ular ham madhiyani qo'lini ko'ksiga qo'ygan holda aytishar ekan.

4. Granit Jaka orqali tashkil qilingan qarshi hujum noaniq pas bilan yakun topdi.

3. SHotlandiya terma jamoasi bahsning ilk daqiqalarida raqib jarima maydonchasi oldiga yig'ilib ketma-ket hujumlar tashkil qilmoqda va 2ta burchak zarbasi ishlab olishga ulgurishdi.

1. Uchrashuv boshlandi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика