Abdurauf Bo'riev Shotlandiya klubiga o'tishi mumkin edi, biroq...
18 iyu 2025 11:34
Yangiliklar
Abdurauf Bo'riev Shotlandiya klubiga o'tishi mumkin edi, biroq...
O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Abdurauf Bo'riev legionerga aylanishi mumkin edi.
Shotlandiyaning "Livingston" klubi Bo'rievga qiziqib qolgan va uni o'z safida ko'rmoqchi edi. Biroq futbolchi ishchi vizasini olishda muammoga duch keldi. Bu haqda Narzulla Saydullaev xabar berdi. Gap shundaki, Shotlandiya oliy ligasida o'ynash uchun futbolchi o'z milliy terma jamoasi safida kamida 2 ta to'liq o'yin o'tkazishi kerak.
Bo'riev hozirga qadar O'zbekiston MTJ safida 3 ta bahsda zaxiradan maydonga tushdi xolos.
"Livingston" klubi 1943 yilda tashkil topgan va uy o'yinlarini 9713 tomoshabinga mo'ljallangan "Almondveyl" stadionida o'tkazib keladi. Ayni paytda jamoani shotlandiyalik Devid Martindeyl boshqarmoqda.
Klub o'tgan mavsum Shotlandiya ikkinchi divizionida ishtirok etdi va pley-off orqali oliy divizionga chiqdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar