So’nggi yangiliklar

22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  0 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  3 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  32 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  4 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  43 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  14 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  25

SHota Arveladze: "Sidiqovning kuchli tomonlaridan foydalanishga harakat qilamiz" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Sidiqovning kuchli tomonlaridan foydalanishga harakat qilamiz"

OCHL-2019 guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Ahli" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida SHota Arveladze va Egor Krimec ishtirok etishdi.

"Guruhimiz juda kuchli. Qiyin va shiddatli o'yinlar o'tkazdik. Eronda ham, pley-offda ham. Ertaga ham shunday bo'lishini kutayapman. Ammo uyda doim o'ynash yaxshi", - deydi SHota Arveladze


"Guruhdagi istalgan bahs og'ir bo'ladi. Yaxshi tayyorlandik. Raqibni o'rganib chiqdik. Kuchli va kuchsiz tomonlarini bilamiz. O'yinga tayyormiz", - deydi Krimec


- Raqib safida alohida ajratib ko'rsata oladigan futbolchi bormi?

- Aniq bir futbolchini ayta olmayman. Ularning hujum chizig'i kuchli, Saudiya Arabistoni chempionatida har o'yinda o'rtacha 2tadan gol urmoqda. 


- Jarohat olganlar maydonga tushishga tayyormi?

- Barcha yigitlar safga qaytishdi va mashg'ulotlarga qo'shilishdi. Umid qilamanki ular ruhan ham tayyor bo'lishadi. 


- Sidiqov kelishi jamoaning o'yin uslubi, sxemasini o'zgartiradimi? 

- U hujumkor yarim himoyachi. Uning kuchli tomonlaridan foydalanishga harakat qilamiz. 


- Nima uchun barcha matbuot anjumanlariga faqat Egor Krimec kelmoqda? Bu "Paxtakor"ning yutqazmayotgani bilan bog'liqmi? CHunki u kelgan matbuot anjumanidan keyin ijobiy natija qayd etayapsizlar.

- Krimec jamoa sardori. Agar keyingi o'yinlarda boshqa futbolchini chaqirsangiz ularni olib kelamiz. Istasangiz 3 nafar futbolchini olib kelamiz. 


- Umar Al Somaning eng kuchli tomonlarini ayta olasizmi?  

Egor Krimec: - Yuqori darajadagi hujumchi. Al Soma jarima maydoni ichida juda xavfli. 


- Ertangi bahsdan oldin muxlislarga nima deysiz? 

Egor Krimec: - Uyda bizni faqat g'alaba qoniqtiradi. Yaxshi o'yin bo'ladi, kelib "Paxtakor"ga muxlislik qilishlarini so'rardim. So'nggi bor stadionimiz to'lganiga ancha bo'ldi. Eronda minglab muxlislar qarshisida o'ynash bizga manzur bo'ldi.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика