SHota Arveladze: "Krasnodar"da ishlash men uchun qiziq bo'lardi" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Krasnodar"da ishlash men uchun qiziq bo'lardi"

"Paxtakor" sobiq bosh murabbiyi SHota Arveladze Viktor Goncharenkoning istefosidan so'ng "Krasnodar"ni boshqarishga qarshi emas.

"Menga bunday jamoa bilan ishlash qiziq bo'lardi, "Krasnodar" - yaxshi klub. Oldinroq menga bunday taklif kelib tushgandi, ammo hozir emas", - deydi Arveladze.

48 yoshli murabbiyning so'nggi ish joyi "Paxtakor" bo'lgan edi. U toshkentliklar bilan ikki bor O'zbekiston chempioni va ikki bor mamlakat kubogi sohibiga aylangan edi.

Arveladze O'zbekistonga qadar Turkiyaning "Kayserispor", "Qosimposhsho" va "Trabzonspor", shuningdek Isroilning "Makkabi" jamoalarida ishlagan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика