So’nggi yangiliklar

03:18Мирко Еличич: "Олимпик" ўйинчиларида иштиёқ йўқ эди? Профессионал ўйинчи максимум борини бериши керак"  0 00:17Айбек Нурбоев: "Бугунги ўйиндаги ғалаба жуда муҳим эди, акс ҳолда турнир жадвалида орқада қолиб кетардик"  0 23:25ЕЧЛ финалидан сўнг "Олтин тўп" учун бош даъвогар ким?  6 22:40"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабон топди  4 22:17Россия кубоги. ЦСКА суперфиналда пенальтилар серияси орқали "Ростов"ни мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  23 22:08Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси аниқланди  0 21:35Чемпионлар лигаси мавсумининг энг яхши футболчиси аниқланди  3 21:01ПСЖнинг 7 нафар футболчиси, Рафинья, Ямал, Бастони ва Райс EЧЛ мавсуми жамоасидан жой олди  3 20:25"Тоттенхэм" Постекоглуни истеъфога чиқаради, унинг ўрнига асосий номзод маълум  3 19:58"Арсенал" Гёкереш трансфери бўйича қарор қабул қилди  5 19:30Про лига. "Жайхун" меҳмонда "Олимпик"ни мағлуб этди  1 18:40Ўзбекистон U-17 Чили ва Боливияга қарши ўйинлар учун таркибни эълон қилди  5 18:18Расман: МЮ 62,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  3 17:30"Ман Сити" икки ярим ҳимоячи учун 100 млн евро сарфлайди  1 16:41Хосеп Гвардиола "Ман Сити"дан Доннаруммани сотиб олишни сўради  3

"SHo'rtan" matbuot xizmati: Muxtor Qurbonov klubdan ketdi Yangiliklar

"SHo'rtan" matbuot xizmati: Muxtor Qurbonov klubdan ketdi

G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi ayni paytda mavsumoldi tayyorgarliklarini ikkinchi bosqichiga kirishgan.

Mashg'ulotlar G'uzor shag'ridagi klub bazasida olib borilmoqda. Jamoa  tayyorgarliklarni barcha qulayliklarga ega bo'lgan shuningdek boshqa klublardagi mavjud sharoitlardan hech qolishmaydigan o'z ixtiyoridagi qarorgohda davom ettirmoqda. Mashg'ulotlar har kuni ikki mahaldan olib borilmoqda. O'quv-yig'in mashg'ulotlarini Qashqadaryo vohasining etuk mutaxasisi sifatida tanilgan “SHo'rtan” PFK murabbiyi – Zoir To'raqulov boshchiligidagi murabbiylar o'tkazishmoqda.

Muqaddam jamoada bosh murabbiy vazifasida ishlagan Muxtor Qurbonov bundan buyon jamoada faoliyat yuritmaydigan bo'ldi.

Klub rahbariyati hozirgi kunda jamoaga bosh murabbiy tayinlash borasida bir qator nomzodlarni ko'rib chiqmoqda, bosh murabbiy masalasi yanvar oyida uzil-kesil hal bo'ladi.

“SHo'rtan” jamoasini bir qancha futbolchilar tark etgan. Ammo bungacha jamoada faoliyat yuritgan tajribali futbolchilardan Eldor Tojiboev, Eldor Boymatov, Mirzakamol Kamolov, Zafar Polvonov, Laziz Ubaydullaev va Igor Taranlar jamoada qoladigan bo'lishdi. Bundan tashqari klub rahbariyati tarkibga avvalo o'z ixtiyoridagi futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridan va vohamiz futbol maktablarida tarbiyalangan yosh futbolchilarni jalb qilishga qaror qilishgan. SHunday qilib, klub o'z safiga futbolchilarni jalb qilish borasida bor etiborini ichki imkoniyatga qaratadi. Bu holat albatta vohamizda kamolga etayotgan ko'plab mahalliy yosh futbolchilarga o'z baxtlarini katta futbolda sinab ko'rish imkoniyatini yaratadi. Ajab emaski, kelgusida ko'plab iqtidorli yangi nomlar aynan “SHo'rtan” jamoasida yuzaga chiqsa. SHuningdek jamoaga bu yilgi mavsumda xorijdan futbolchilarni taklif qilinmasligi aniq bo'ldi.

Jamoa tayyorgarliklarni 15 yanvargacha G'uzorda davom ettiradi, keyin futbolchilarga uch kunlik tatil beriladi va 18 yanvar kuni Toshkent shahrida tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Demak, bu kungacha jamoa tarkibi to'liq shakllanib bo'ladi.

Jamoa azolari shu kuni “O'zbekiston” mehmonxonasida yig'ilishadi. O'quv – yig'in mashg'ulotlarining keyingi, uchinchi bosqichi poytaxtda davom ettiriladi.

Yangiliklar “SHo'rtan” PFK matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика