SHomurodovning 7 oy davom etgan golsiz seriyasi yakunlandi
24 sen 2020 22:00
Yangiliklar


SHomurodovning 7 oy davom etgan golsiz seriyasi yakunlandi
Ayni daqiqalarda Evropa Ligasi 3-saralash bosqichidan o'rin olgan “Rostov” – “Makkabi” (Xayfa) bahsi davom etmoqda.
Uchrashuvning 9-daqiqasidayoq mezbonlar forvardi Eldor SHomurodov hisobni ochib, jamoasini oldinga olib chiqdi.
SHu tariqa, o'zbekistonlik hujumchining 15 o'yinlik (208 kun) golsiz seriyasi yakunlandi. U so'nggi bor RPL o'tgan mavsumida “Ahmat”ga (1:1) qarshi o'tkazilgan 29 fevraldagi uchrashuvda raqib darvozasiga to'p kiritgandi.
Qayd etish joiz, Eldor bugun ushbu musobaqada debyutini o'tkazmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar