So’nggi yangiliklar

20:44Футзал. Марказий ўйинда ОКМК "Оил Стар"га 7 та гол урди, "Сурхон" "Пахтакор"га 5 та урди  0 20:32Расман: Драган Черан “Насаф”га қайтди  4 20:03Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи!  124 19:54Эшитдик-да! "Локомотив" билан 10 декабрь куни шартнома тузган футболчи жамоани тарк этди  0 19:20Here we go! "Манчестер Сити" сардори "Милан"га ўтмоқда  7 18:42"Барселона" устози: "Қачондир бундай камбэкни бошдан ўтказганман деб ўйламайман"  4 18:02Расман: "Қизилқум" черногориялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  1 17:33ПСЖ футболчиси Моуриньюнинг қўнғироғи сабаб Англияга эмас, Туркияга кетмоқда  3 16:59"Барселона" футболчиси 5:4 ҳақида: "Бу фаолиятимдаги энг даҳшатли ўйин"  20 16:31Сречко Катанец: "Терма жамоада нималар қилганимизни ва қандай ютуқларга эришганимизни билишингиз керак"  62 16:05Ҳусановнинг агенти: "Биз билан АПЛнинг 12 клуби алоқага чиқди"  15 15:06БМБ 14 та гол урган ва учинчи бор чемпион бўлган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:34Расман: "Боруссия Д" бош мураббийни истеъфога чиқарди  4 14:03"Реал" ёки "Барселона"да ўйнаш? Холанд жавоб берди  29 13:35МАҚОЛА. Катанецнинг терма жамоадаги фаолияти қандай кечди?   41

SHerzod Raimjonov: “Ertami-kechmi “Neftchi”da ishlashimni his qilgandim” Yangiliklar

SHerzod Raimjonov: “Ertami-kechmi “Neftchi”da ishlashimni his qilgandim”

Yaqinda “Neftchi” murabbiylar shtabida ish boshlagan SHerzod Raimjonov “Futbol Ekspress” gazetasiga intervyu berdi. Quyida ushbu suhbatni hukmingizga havola etamiz.
 - “Neftchi”ni taklifini ilk bor eshitganingizda qanday o'ylarga berildingiz?

- Tohir aka Kapadze klub raisi etib tayinlanganidan keyin bizni taklif qilib, mening birinchi ishim Farg'ona futbolini yaxshi biladigan va bu borada o'z hissasini qo'shgan yigitlar bilan hamkorlik qilish deya ishonch bilan gapirdi. “Neftchi” o'zbek futbolida qanday o'rin tutishini hammadan ham ko'ra sizlar yaxshiroq tushunasizlar deb alohida takidladi. SHuning uchun men bilan Bahrom Haydarovni ishga chaqirdi. Endi Murod Ismoilovga yaqindan yordam beramiz. O'zingiz bilasiz, bu yil jamoaga 14 nafar yangi futbolchi kelgan. Ularga “Neftchi”ning salohiyatini qanday ekanligini, muxlislar jamoani qanchalik yaxshi ko'rishlarini tushuntirishimiz lozim. Klub raisi biz bilan o'zaro suhbat davomida futbolchilar bilan rahbariyat o'rtasida o'zaro ko'prik vazifasini bajarishimizni aytdi. Rostini aytsam, “Neftchi”dan taklif bo'lishi men uchun kutilmagan holat bo'ldi desam noto'g'ri bo'ladi. Futboldan biroz chekingan bo'lsamda, baribir o'zimni murabbiylikka tayyorlab borayotgandim. Ertami-kechmi, jonajon jamoamga qanday lavozimda bo'lmasin qaytishimni his qilardim.

- Bungacha muvaffaqiyatsiz o'ynayotgan “Neftchi” ishtirokidagi o'yinlarni ko'rganmidingiz?


- Asosan o'z maydonidagi o'yinlarni kuzatib borayotgandim. Oldindan farg'onalik muxlislar orasida shunday gap borki, Farg'onaga xatto “Barselona” kelsa ham g'alaba qozona olmaydi deyishadi va buni futbolning yozilmagan qonuni sifatida qabul qilishardi. O'z uyimizdagi o'yinlarda raqib kuchli bo'lgan taqdirda ham muxlislarning ajoyib darajadagi qo'llab-quvvatlashlari, Farg'ona halqi uchun jon kuydirib o'ynashimiz bizga qo'shimcha kuch berardi. Ayniqsa, Osiyo CHempionlar ligasidagi uchrashuvlarda bilinardi. “Neftchi”ning o'z ananalari bor. Ularni hozirgi futbolchilarga singdirishga harakat qilamiz. “Neftchi” – bu oddiy so'z emas. Uning libosida maydonga tushgan har bir futbolchi jonini berib o'ynashi kerak.   

- Murabbiy sifatida bu dastlabki ishingiz. SHuni hisobga olganda, murabbiy SHerzod Rayimjonov o'zini qanday his qilyapti?

- Murod Ismoilov bilan Aleksey Evstafeev tajribali mutaxassislardan. Yoshlar jamoasi bilan Sergey Kovshov yaxshi ish olib boryapti. “Neftchi” yoshlari turnir jadvalida birinchi o'rinda borishyapti. Ushbu murabbiylarga qo'limizdan kelganicha yordam beramiz va ulardan o'zimiz uchun kerakli bilimlarni o'rganamiz. Ishonamanki, malum vaqtdan keyin jamoamiz yana o'z mavqeini tiklab oladi. Futbolchi tariqasida “Neftchi”ga ozmi-ko'pmi hissamiz tekkan bo'lsa, endi murabbiy bo'lib foydamiz tegishi uchun mehnat qilamiz. Qolaversa, tashkilotchilik borasida ham Tohir Kapadzedan ancha-muncha narsalarni o'rgansak bo'ladi. Bizga katta ishonch bildirayotgani uchun undan minnatdormiz. “Neftchi”ning g'alabali kunlari cho'zilib ketdi. Tezroq muxlislar uchun muvaffaqiyatli o'yinlar kelishini taminlashga harakat qilamiz.

- Umuman olganda, murabbiy sifatida asosiy ishingiz nimadan iborat?


- Futbolchilikni yaqindagina tugatganim uchun hali o'zimni to'liq murabbiy deb hisoblamayman. Buning uchun ko'p ishlashim kerak. Yuqorida aytganimdek, birinchi vazifamiz rahbariyat bilan futbolchilar o'rtasida ko'prik vazifasini bajaramiz. O'yinchilarning ruhiyati turlicha bo'ladi. SHu sababli 30 yoshli futbolchi fikrini rahbariyat va murabbiylarga etkazishi mumkin, ammo 20-23 yoshli o'yinchilar nimani o'ylayotganini ularga etkaza olmasliklari mumkin. Ular bizga o'z fikrini ochiq-oydin aytishsa, rahbariyatga qanday holatda ekanligini va nimani o'ylayotganini tushuntiramiz. Butun oila bo'lib jamoani yanada jisplashtirishga harakat qilamiz. Bu orqali “Neftchi”ning salohiyatini tiklay olamiz deb o'ylayman.

- Futbol men uchun xobbi deya avval ko'p gapirgansiz. Murabbiylik siz uchun nima?

- Murabbiylik ham o'ziga xos qiziqarli kasb va bu men uchun hayotimdagi sinov deb qabul qilaman. Murod Ismoilov bilan ilgari “Andijon”da faoliyat olib borganmiz. “Neftchi”da ham malum muddat birga to'p surgandik. Aytmoqchimanki, uni yaxshi bilaman. Agarda murabbiylik qilish qo'limdan kelmaganida ularga rahmat deb taklifni qabul qilmagan bo'lardim. Oxirgi bir yilda klubda katta o'zgarishlar bo'ldi. “Neftchi”ning yana avvalgi mavqeiga qaytarmikin deya umid uchqunlarimiz so'nmagandi. Jamoa qiyin vaziyatga tushib qolgan paytda bizdan yordam so'radi. Agar Farg'ona futboli uchun o'z yordamimizni ayaganimizda noto'g'ri ish qilgan bo'lardik. Xalq orasida o'zimizga yarasha hurmat etibor qozonishimizda “Neftchi”ning roli katta bo'lgan. Klub bilan chempion bo'ldim, terma jamoalarda o'ynadim. Og'ir damlarda uning yonida turmasak bo'lmasdi. Bilasiz, yangi stadion barpo etilyapti, akademiya ham ishga tushish arafasida turibdi. Bugungi zamonaviy futbolda ko'p qirrali mutaxassislar nihoyatda zarur. SHuning uchun nafaqat murabbiylikda, balki boshqa yo'nalishlarda ham foydam tegishini istayman.

- Sizning bunga qadar qaerda va nima ish bilan shug'ullaningiz muxlislar uchun qiziq!

- Boya aytganingizdek, futbol men uchun xobbi edi. Faoliyatimning oxirgi 2-3 yilini yana biror bir jamoada o'ynasam-o'ynamasam vaqt o'tkazishga yursam bo'laverardi. Lekin vaqtida to'xtatdim deb o'ylayman. Farg'onada tadbirkorlik ishimni  yo'lga qo'ydim. Farzandlarim katta bo'layotgani bois oilamga ham ko'proq etibor qaratdim. Bir yildan buyon esa Qirgulidagi Farg'ona neftni qayta ishlash zavodiga qarashli “Neftchi” sport majmuasida bolalarga murabbiylik qilib kelayotgandim. Bundan tashqari ushbu majmuaning faoliyatini yurgizishga ham yordam berib kelayotgandim. Aslida murabbiylik qilish maqsadim bor edi. Lekin buning uchun avval bolalar futbolida ishlab malaka to'plashim kerak bo'lardi. Bir yil ishlaganimdan keyin “Neftchi” jamoasiga taklif qilishdi. Bundan tashqari viloyat ikkinchi ligasida “Dinamo” klubi faoliyat olib boradi. U erda o'ynovchi murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgandim.  

- Faoliyatingizda oldinga bir qadam tashlash kuzatildi, to'g'rimi?


- Ha to'g'ri. Hayotimda yana bir qiziqarli sahifa ochilyapti. Katta jamoaning bir bo'lagi bo'lish bu men uchun yoqimli. Katta masuliyat borligini his qilyapman. Futboldan tashqari ham shaxsiy ishlarim bor. Oradan malum vaqt o'tgach yana katta sahnaga qaytayotganimni sezib turibman. Bu borada meni sinov kutib turibdi. “Neftchi” O'zbekiston futbolida muhim bo'g'inlardan biri. Bunday jamoada ishlash esa men uchun sharaf. SHu sababli zimmamdagi masuliyatni chuqur his etib muvaffaqiyatlar uchun hissamni qo'shmoqchiman. Vaqti kelib jamoamiz albatta o'zini ko'rsatadi. Buning uchun muxlislar qo'llab-quvvatlab turishlarini istardim.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика