So’nggi yangiliklar

15:38Шомуродовнинг устози Италия терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  0 15:09"Ал Насср" Испания терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 14:43Ислом Иномов "Бунёдкор"ни тарк этди  1 14:14Хурсандчиликдан кейинги "бўшлиқ"ни тўлдириши лозим бўлган Кападзе севимли услубига қайтадими?!  15 14:00Тариқ Салмон: "Рақибимиз ўз юртбоши кўз ўнгида мағлуб бўлишни истамайди"  3 13:43"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси жамоани тарк этди  1 13:15Бекзод Маматқулов Ўзбекистон футзал федерациясида йиғилиш ўтказди. Унда Элибоев, Свиридов, Раҳматов ва бошқалар қатнашди  1 12:49Қамчибек Ташиев ЎФА раҳбариятини Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧга чиққани билан табриклади  5 12:27Мешал Баршам: "Ўзбекистон ҳурматга сазовор жамоа"  6 12:00Тариқ Салмон: "Биз Эрон ва Ўзбекистонни мағлуб этган ягона жамоамиз. Рақиб ҳамон мундиал йўлланмасини нишонламоқда"  21 11:40Бугун Осиё Кубогига саралаш ўйинлари бўлиб ўтади  0 11:20Қосимовнинг жарима зарбалари, Аҳмедовнинг суперголи ва "Бунёдкор"даги 5:1. Ўзбекистон ва Қатар терма жамоаларининг ўзаро ўйинлар тарихи  5 10:57“Бавария“ ПСЖ юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 10:52“Ал Ҳилол“ Виктор Гёкереш бўйича таклиф юборди  3 10:28“Ал Насср“нинг асосий трансфер мақсади маълум  0

"SHaxtyor"da Yaxshiboevni eslab turishadi. Akrobatik gol urishim tasodif emas. Terma jamoada o'ynash imkoniyati o'zimga bog'liq", - SHahzod Ubaydullaev bilan intervyu Yangiliklar

"SHaxtyor"da Yaxshiboevni eslab turishadi. Akrobatik gol urishim tasodif emas. Terma jamoada o'ynash imkoniyati o'zimga bog'liq", - SHahzod Ubaydullaev bilan intervyu

Yangi mavsumda o'zbekistonlik futbol ishqibozlari UEFA chempionlari ligasida “SHaxtyor” (Soligorsk) klubiga muxlislik qiladigan bo'lishdi.

Buning o'ziga yarasha sabablari bor albatta. O'tgan mavsumni Bekobodning "Metallurg" jamoasida o'tkazgan o'zbekistonlik hujumchi SHahzod Ubaydullaev joriy mavsumdan etiboran soligorskliklar safida faoliyatini davom ettiradi. Yaqinda iqtidorli hujumchini suhbatga chorlab o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

- "SHaxtyor"ga o'tishingiz qanday sodir bo'ldi?

- "Metallurg" klubi boshlig'i SHavkat aka Saidov "SHaxtyor"dan taklif borligini aytib qoldilar. Men esa ushbu chorlovga ikkilanmasdan rozilik berdim. Nima uchun? Jamoa Evropa vakili bo'lganligi sabab ko'p ham o'ylab o'tirmadim.

- Bu klubga o'tishdan oldin kimlar bilandir maslahatlashdingizmi?

- Dadam bilan maslahatlashdim. Ular yangi jamoaga o'tishimni, bu men uchun yaxshigina tramplin vazifasini bajarib berishi mumkinligini takidladilar.

- "SHaxtyor" safida 3ta o'yinda maydonga tushishga ulgurdingiz. Taassurotlar qanday?

- Taassurotlar yaxshi. Hozirda biroz qiyin bo'layotganini aytmaganda barchasi ko'ngildagidek. "SHaxtyor" men uchun yangi jamoa, shu bois to'liq kirishib ketganimcha yo'q.

- Jamoadagi futbolchilar Jasur Yaxshiboevni eslab turishadimi?

- Jasur jamoaning etakchilaridan biri bo'lgan. Uni klubda eslab turishadi.

- Belarus chempionati saviyasi qanday deb o'ylaysiz?

- CHempionat saviyasi haqida mavsum boshlangandan keyin fikr bildirishim mumkin. Mening o'ylashim bo'yicha bu erda ko'proq jismoniy tayyorgarlikka etibor qaratilar ekan.

- Bosh murabbiy bilan birinchi suhbat nimalar haqida bo'ldi?

- To'g'risi hali bosh murabbiy bilan suhbatlashmadim. Ruscha gapirishda biroz qiynalaman. Lekin, barcha ko'rsatmalarini tushunaman.

- Kosonsoyda tug'ilib qachon va qanday qilib Muborakka borib qolganingiz ko'pchilikka qiziq...

- "Mashal"ga 2016 yilda borganman. Adashmasam yanvar oyi edi, 2 haftaga yaqin ko'rikda bo'ldim. Yakunda meni jamoaga olishmadi. Boisi, o'rtoqlik uchrashuvlarida bor imkoniyatimni ko'rsata olmagandim. So'ng birinchi liga vakili "Kosonsoy"ga yo'l oldim. 6 oydan so'ng "Mashal-2" meni ortga qaytardi. U erda kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldim. 2017 yilda Diyor Mirzaboev murabbiylikni qo'liga oldi. Ushbu murabbiy bilan bir-birimizga ishona boshladik. SHu yili birinchi ligada to'purarlar poygasida birinchi o'rinni egalladim. Natijada o'zimga bo'lgan ishonch ortdi.

- Birinchi murabbiyingiz kim bo'lgan?

- Ilk murabbiyimni ismi Zokir aka edi. Familyasini eslolmayman. O'sha paytda 5 yoshda bo'lganman.

- Akrobatik gollar urish bu tasodifmi yoki mashg'ulotlar samarasimi?

- Yo'q, tasodif emas. Mashg'ulotlarda buning ustida ishlayman. Ochig'ini aytganda chiroyli gol urishga qiziqaman.

- "SHaxtyor"ga o'tgandan keyin terma jamoaga chaqirilish imkoniyatingiz qanday deb o'ylaysiz?

- Hammasi o'zimga bog'liq. Yaxshi to'p tepsam terma jamoadagi imkoniyatim oshaveradi.




Reklama






Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика