So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

SHamil Yarulin: “G'ayrat - shijoat, dadillik, tezkorlik va adolat hamisha hamrohingiz bo'lsin” Yangiliklar

SHamil Yarulin: “G'ayrat - shijoat, dadillik, tezkorlik va adolat hamisha hamrohingiz bo'lsin”

Ko'p yillardan buyon futbol sohasida mehnat qilib, faoliyati davomida OAV xodimlari bilan doimiy hamkorlikni birinchi o'ringa qo'yib kelayotgan insonlardan biri, “SHo'rtan” Professional futbol klubi Bosh menejeri SHamil Samigulovich Yarulin jurnalistlarning kasb bayramlari munosabati bilan muxtasar tabrik fikrlarini izhor qildi:

-     Bugungi kunda jamiyatimizning hech bir sohasini, hayotimizning biror bir jabhasini ham jurnalistikasiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Sport, shu jumladan futbol ham bundan mustasno emas. Millionlar o'yinida, yuraklarni quvonchu hayajonlarga to'ldiruvchi lahzalar, zafarli yurishlar, g'alabali onlarni kurrai zaminimizning milliard milliard aholisiga yuqori tezkorlik, hallolik va ayni haqiqat tamoyillari asosida etkazib berilishida, sohaning muvaffaqiyatlariyu o'z echimini kutayotgan dolzarb masalalarini  targ'ibot-tashqivot qilinishida  OAV xodimlarining hissasi beqiyosdir. SHu munosabat bilan O'zbekiston Birinchiligi PRO-Liga bahslarida ishtirok etayotgan “SHo'rtan” PFK rahbariyati, xodimlari, murabbiylari va futbolchilari nomidan shu sohada fidoiylik bilan qalam tebratib, mehnat qilib kelayotgan do'stlarimizni tabriklaymiz. Oilaviy baxt, tinchlik xotirjamlik, ijodiy barkamollik va yuksak parvozlar tilaymiz. “G'ayrat-shijoat, dadillik, tezkorlik, shaffoflik va adolat hamisha hamrohingiz bo'lsin”, deb qolamiz. Yana bir bor bayram muborak!   


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика