So’nggi yangiliklar

10:32U-22 Осиё чемпионати-2013. Антирекордчи Ўзбекистон, голни нишонлашда жароҳатланган мураббий ҳамда чилим чекиш туфайли шифокорсиз қолган жамоа тўғрисида ҳикоя қиламиз   0 09:52Дания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи Оге Харейде вафот этди  0 09:00Каррагер: "Салахнинг хатти-ҳаракати ҳақиқий шармандалик эди"  5 08:37Ўзбекистон U-17 терма жамоаси сардори "Нефтчи"га ўтди  7 08:00Бруну Фернандеш: "Менда иккита яхши таклиф бор эди"  3 07:30Невеш АПЛга қайтиши мумкин  1 06:36Мундиал тарихи. Пора эвазига иштирокчи бўлган чемпион, Фаластин номидан қатнашган Исроил ҳамда фашизм тарғиботига айланган турнир ҳақида ҳикоя қиламиз  2 02:59Конференциялар лигаси. "Фиорентина" ютқазди, "Пэлас"дан дуранг ва бошқа натижалар  0 01:58"Наполи" Италия Суперкубоги финалида!  3 01:29Бастони "Барселона"нинг қизиқишлари ҳақида гапирди  1 00:59Зидан "Реал"га қайтмоқчи эмас  1 00:25Туркия кубоги. "Галатасарой" ўз майдонида "Истанбул Башакшеҳир"ни мағлуб этди  19 00:13"Атлетико" ҳимоячиси 2 ойга сафдан чиқди  0 23:58Араб Кубоги. Марокаш Иорданияни иродали тарзда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  3 23:43Луис Энрике: "ПСЖда уч нафар топ-дарвозабон борлиги ажойиб ҳолат"  0

Otabek Narzullaev: "Bu mavsum davomidagi eng muhim uchrashuvlardan biri bo'ldi" Yangiliklar

Otabek Narzullaev: "Bu mavsum davomidagi eng muhim uchrashuvlardan biri bo'ldi"

Superliga 21-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Sho'rtan" (2:1) uchrashuvidan so'ng "Mashal" bosh murabbiyi Otabek Narzullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Bu o'yin biz uchun juda muhim edi. Bu mavsum davomidagi eng muhim uchrashuvlardan biri bo'ldi. Ham derbi maqomida kechgani bilan qiziq bo'ldi. Qo'lga kiritilgan g'alaba bilan barcha muborakliklarni tabriklayman.


- Ikkala taymda ikki xil "Mashal"ni ko'rdik.

- Bu - futbol va futbolda har xil vaziyatlar bo'lishi mumkin. Birinchi taym 2:0 hisobida oldinda borib biroz erkinlikka berildik. Esingizda bo'lsa, "Dinamo" bilan ham shunday bo'lgandi va o'shanda 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandik. Yakunda esa g'alaba qozona olmagandik. Bugun ham shunday voqea takrorlanmasligi uchun diqqatni yo'qotmaslikka harakat qildik.


- "Sho'rtan"ga necha baho qo'ygan bo'lardingiz?

- G'uzorliklarda ham yaxshi jamoa va yaxshi yoshlar bor. Ular ham yaxshi o'yin ko'rsatyapti. Turnir jadvalining pastki o'rindaligi hech nimani anglatmaydi. Futbol o'ynagan jamoa borki baribir xato qiladi.


- Raqib siz kutgan futbolni namoyish etdimi?

- Biz "Sho'rtan" bor kuchini berib harakat qilishini bilardik. Shunga yarasha yigitlarga agressiv futbol namoyish etish va ko'proq pressing qilishni uqtirgandik. Asosiysi yutib oldik. Lekin baribir kamchiliklar bor va bular ustida ishlaymiz. Vazifamiz Superligada o'z o'rnimizni saqlab qolish.


- Xumoyun Murtazoevning hozirgi holati qanday?

- "So'g'diyona" bilan o'rtoqlik uchrashuvida Xumoyun Murtazoev, Sardor Abduraimov va Dmitriy Yashinda engil jarohat bo'lgani bois maydonga tushirmagandik. Ularni bugungi bellashuv uchun asragandik. Hozir esa bu futbolchilarimizning holati yaxshi.


- Hakamlik haqida fikringiz?

- 2016-2017 yoki undan oldingi davr futboli paytida safarga borganda qo'rqib turardik. Jamoalar ayniqsa hakamlikdan cho'chirdi. Hozir esa yaxshiki vaziyat o'zgardi. Hozir jamoangiz kuchli bo'lsa uyda ham, safarda ham yuta oladi. Hakamlik bizda yangi darajaga chiqdi. Qolaversa VAR paydo bo'ldi. 


- Agar "Mashal" uy uchrashuvlarini Muborakda o'tkazib kelganida ochkolar soni hozirgidan ko'proq bo'larmidi?

- Menimcha, ha. Chunki bejizga uyda devorlar ham yordam beradi deyishmaydi. Uyda o'ynash baribir boshqacha. Futbolchilar ham o'zlarini ancha zo'r his qiladi. To'g'ri, stadion bo'yicha kamchiliklar bor, vaqti kelib hammasi barham topadi degan umiddaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика