So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  3 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  4 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  9 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

SHamil Iseev: "26 fevral kungi normativlardan o'ta olmaganlar Superligada o'ynamaydi" Yangiliklar

SHamil Iseev: "26 fevral kungi normativlardan o'ta olmaganlar Superligada o'ynamaydi"

Superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O'zbekiston Futbol Associaciyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

SHuni ham alohida takidlash kerakki, bu kabi test-sinovlari o'zbek futbolida ilk marta amalga oshirilayotgan bo'lib, futbolchilarning jismoniy holati O'zbekiston Futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan shaxsan nazorat qilib borilmoqda.

Sinovlarning dastlabkisi o'tgan yilning dekabr oyida o'tkazilib, miliy chempionatimiz klublari futbolchilarining jismoniy holati haqida umumiy xulosa qilingandi.

Belgilangan reja asosida yangi mavsum oldidan Superliga klublari futbolchilari ikkinchi marta normativlarni topshirishdi.

Mazkur test-sinovlari tizimi O'zbekiston Futbol Associaciyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo'limi xodimi pedagogika fanlari nomzodi, professor SHamil Iseev boshchiligidagi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilganini ham alohida takidlash kerak.

SHamil Iseev Superliga klublari futbolchilaridan qabul qilinayotgan normativlar va ularning natijalari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig'iga ko'ra, belgilangan reja asosida o'tgan yilning dekabr oyida futbolchilardan dastlabki normativlarni qabul qilib olgandik. O'shanda aksariyat futbolchilarning natijalari salbiy chiqqandi. SHundan keyin klublar murabbiylari va futbolchilarning o'zlariga bu natijalar ko'rsatilib, har bir futbolchi jismoniy holatini yaxshilash uchun o'z ustida ishlashi kerakligi takidlandi.
SHu o'rinda, normativlarni joriy qilishdan asosiy maqsad futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilib borish, shu yo'l orqali terma jamoalarimizga jismoniy jihatdan 90 daqiqa yuqori tempda harakat qiladigan futbolchilar etishib chiqishini taminlashdan iborat ekanini ham alohida takidlash kerak.

SHu yilning 10 fevral kuni Superliga klublari futbolchilaridan ikkinchi normativlarni qabul qilishni boshladik. Umumiy xulosa qilib aytadigan bo'lsak, futbolchilarning jismoniy holatida yaxshi tomonga o'zgarish ko'zga tashlandi. Har bir klub murabbiylari dastlabki normativlardan so'ng o'z jamoasidagi futbolchilar bilan bu borada ish olib borgani sezildi. Lekin shunga qaramay, klublarda natijalari qoniqarsiz chiqqan futbolchilar ham bor. Bu borada eng yaxshi ko'rsatkich “Qizilqum” va “Navbahor” futbolchilari tomonidan qayd etildi.

Biz Superliga klublari futbolchilariga yana imkon berganmiz. SHu o'rinda normativlarni topshirish uchun futbolchi o'z ustida muntazam ishlashi kerakligini takidlab o'tish zarur. O'z ustida ishlamagan futbolchilar normativlarni topshira olishmaydi.

26 fevral kuni futbolchilaryakuniy test-sinovlari topshirishadi. Ana o'shanda ham kerakli natija qayd eta olmagan futbolchilar bo'lsa, ular Superliga bahslaridan chetlashtiriladi”, - deydi SHamil Iseev.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика