Enco Mareska Mudrikning ehtimoliy diskvalifikaciyasiga munosabat bildirdi

Sherzod Nurmatov
20 dek 2024, 11:27
Londonning "Chelsi" klubi vingeri Mixaylo Mudrikning doping testi musbat chiqdi.

23 yoshli yulduz 4 yilga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

"Chelsi"ning yilning so'nggi uchta liga o'yini oldidan Mareska futbolchining 4 yillik diskvalifikaciyasi klubni yanvardagi transfer oynasida harakat qilishga undashi mumkinligini aytdi. U o'zi va klub amaldorlariga qaror qabul qilish va qo'shimcha kuchlarni izlash uchun vaziyatni muhokama qilish kerakligini taklif qildi.

Eslatib o'tamiz, ukrainalik Londonda poligraf tekshiruvidan o'tdi va u tanaga taqiqlangan moddaning kirib kelishiga aloqasi yo'qligini qatiy ta'kidladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Chelsea News