So’nggi yangiliklar

22:09Никола Лазаревич: "Бугунги ўйинда футболчиларимнинг ҳаракатларидан кўнглим тўлди"  0 21:45Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир жамоага ҳурмат билан қараймиз"  0 21:24Ўзбекистон кубоги плей-офф босқичининг барча иштирокчилари аниқ. Қуръа қачон ўтказилади?  1 20:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичи якунланди. "Олимпик Мобиуз" кейинги босқичга йўлланма олди (бугунги натижалар)  10 20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  5 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7 18:45Франция терма жамоасига чақирилганлар рўйхати эълон қилинди  9 18:27"Футбол олами". Олмалиқда триллер, "Навбаҳор", "Пахтакор" ва "Насаф"нинг сафардаги ғалабалари — 10-тур ҳақида батафсил   2 17:13Жаҳон чемпионати бошланди. Бугун Ўзбекистон ўйнайди  5 16:57АПЛнинг жорий мавсумдаги энг ёмон трансферлари эълон қилинди (ТОП 10)  2 15:48Роналдунинг фитнес-браслети унинг биологик ёши 29да эканини кўрсатди: "Демак, яна 10 йил ўйнайман"  15 15:14Европа лигаси финали учун превью: "Тоттенхэм" - "Манчестер Юнайтед"  7 14:22МЮ ва "Тоттенхэм" мухлислари Бильбаодаги Европа лигаси финали олдидан Сан-Себастьянда муштлашишди  5 13:40Марказий Осиё. Қозоғистон ва Қирғиз Республикасида пешқадам ўзгарди, "Истиқлол" мағлубиятга учради, "Аркадағ" эса...  5 13:23Дель Пьеро мураббийлик лицензиясини олди: "Бугундан бошлаб мени "мистер" деб аташингиз мумкин"  7

SHahboz Erkinov Krasnickiy klubi azosiga aylandi Yangiliklar

SHahboz Erkinov Krasnickiy klubi azosiga aylandi

“Nasaf” jamoasi safiga ikkinchi davradan kelib qo'shilgan tajribali hujumchi SHahboz Erkinov Krasnickiy to'purarlar klubi azosiga aylandi.

SHaxboz Erkinov jamoamiz safiga qo'shilganga qadar 99ta to'p muallifi bo'lgan. U oxirgi 99-golini “Mashal” safida kiritgan edi. Hujumchi shu paytgacha milliy chempionatimizda 85ta, kubok bahslarida 13ta va klublar safida qitamiz futbol musobaqalarida 3ta gol kiritgan.
 
26 avgust kuni Qo'qonda bo'lib o'tgan 20-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” jamoasi bilan bo'lgan bahsda ikki marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. Yani u 100 va 101-gollarini kiritdi. Bu bilan u mamlakatimizning Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubi azosiga aylandi.
 
O'z faoliyatini “Paxtakor” jamoasida boshlagan SHaxboz Erkinov mamlakatimizning ko'pgina klublarida to'p tepgan. “Nasaf” uning ettinchi klubi hisoblanadi. SHuningdek SHaxboz Erkinov vohamizning uchta klubida ham to'p tepgan futbolchilardan biri sanaladi.
 
Endi ushbu tajribali hujumchi, dastlab Oleg SHackix azo bo'lgan - Krasnickiy klubi azosi hisoblanadi.
 
SHaxboz Erkinovni ushbu katta yutuq bilan klubimiz rahbariyati, murabbiylari va jamoamizning barcha azolari, shuningdek muxlislar nomidan muborakbod etamiz.
 
Ushbu Krasnickiy nomidagi to'prarlar klubiga hozirgacha mamlakatimizning 35 nafar futbolchisi azo bo'lgan. SHaxboz Erkinov esa 36-azo sifatida qayd etildi. Erkinovdan keyingi o'rinda jamoamizning yana bir azosi – Ilhom SHomurodov turibdi, uning hisobida hozircha 82ta to'p bor.
 
To'purarlar klubi azolariga topshiriladigan maxsus sovrin, jamoamizning yaqin uchrashuvlarining birida rasman unga topshirilishi kutilmoqda.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика