"Arsenal" Rodrigo bilan muzokaralarni boshladi
21 may 20:23
Yangiliklar


"Arsenal" Rodrigo bilan muzokaralarni boshladi
"Arsenal" "Real" qanot hujumchisi Rodrigoning transferi bo'yicha faoliyat olib bormoqda.
London klubi Braziliya terma jamoasining 24 yoshli futbolchisini xarid qilish masalasini jiddiy ko'rib chiqayotgani haqida Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Rodrigo yozda "Real"ni tark etishi mumkin va "Arsenal" bilan muzokaralar allaqachon boshlangan. Bitim juda murakkab hisoblanadi, biroq "to'pchilar" barcha imkoniyatlarni sinchiklab o'rganmoqda.
Rodrigo joriy mavsumda La Liganing 30 ta o'yinida ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar