So’nggi yangiliklar

14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  1 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4

Nikola Lazarevich: "Bugungi o'yinda futbolchilarimning harakatlaridan ko'nglim to'ldi" Yangiliklar

Nikola Lazarevich: "Bugungi o'yinda futbolchilarimning harakatlaridan ko'nglim to'ldi"

O'zbekiston kubogi 3-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- "Qo'qon-1912" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Biz "Paxtakor" bilan o'yindan so'ng qisqa fursat ichida ushbu uchrashuvga tayyorgarlik ko'rdik. Oldimizda oson bo'lmagan o'yinlar kutib turibdi. Shu bois o'yin amaliyoti kam bo'lgan futbolchilarga ham imkoniyat berishga harakat qildik. Bugungi o'yin uchun yigitlardan hafa emasman, harakatlarimizdan ko'nglim to'ldi.


- Bugun jamoangiz tarkibida asosan yosh futbolchilar harakat qilishdi. Ushbu yosh futbolchilardan qaysilarini asosiy tarkib uchun nomzod sifatida ko'rmoqdasiz?


- Ha, ular orasidan tayyor bo'lib kelayotganlari bor. Bugun ularni ko'rib olishimiz uchun yaxshi imkoniyat bo'ldi. O'yinni takroran ko'rib chiqib tahlil qilamiz. Yosh futbolchilar orasida asosiy tarkibga loyiq bo'lganlari bor.


- Siz kabi murabbiylar o'zbek futbolida ishlab kelishmoqda. Masalan bunga Ivan Boshkovichni misol keltirish mumkin. Shu kabi o'zbek futbolini yaxshi bilgan Dragan Cheran, Lyupche Doriev kabi futbolchilar ham bor. Bu borada fikringiz qanday?


- Ha, o'zbek futbolida xorijiy mutaxassislar bor. Ivan Boshkovich ham juda yaxshi ishlab kelayapti. Jiddiy chempionat, darajasi etakchi ligalardan kam emas. Slavyan futbolchilarga ham bu chempionatda oson bo'layotgani yo'q. Men ularga ishonaman. O'zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatiga chiqishga yaqin turibdi. Ushbu voqelik yuz bersa, o'zbek futbolining darajasi yanada ortadi.


- Issiq ob-havo sharoitida futbol o'ynadingizlar. Uchrashuvning erta vaqtda boshlanganiga fikringiz qanday?


- Bu borada tashkilotchilar o'ylagani aniq. Bu borada menda savol yo'q. Issiq ob-havoda futbol o'ynash oson emas, biroq buning ham o'ziga yarasha sabablari bor ekani aniq. Biz uzoq yo'l bosib keldik, ehtimol ob-havo ham o'yin sifatiga tasir ko'rsatgandir.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика