"Burgos" bilan muzokaralardan qochgan Ochoa Kipr jamoasiga o'tdi
12 sen 2025 14:11
Yangiliklar
"Burgos" bilan muzokaralardan qochgan Ochoa Kipr jamoasiga o'tdi
Qayd etilganidek, tomonlar shartnoma tuzish bo'yicha principial kelishuvga erishgan va u futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tganidan keyin kuchga kirishi kerak.
OAV malumotlariga ko'ra, 40 yoshli Ochoa Ispaniyaning "Burgos" klubi bilan muzokaralar olib borgan. U shartnoma bandlaridan birini o'zgartirishni so'ragan hamda kofe ichishga chiqqan, keyin esa qaytmagan va qo'ng'iroqlarga javob berishni to'xtatgan.
Ochoaning so'nggi bor Portugaliyaning AVS SAD jamoasi sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u Evropada "Ayachcho," "Malaga", "Granada", "Standard" va "Salernitana" liboslarida o'ynagan.
Ochoa Meksika terma jamoasi safida 152 o'yin o'tkazgan. Darvozabon uchta jahon chempionatida (2014, 2018, 2022) maydonga tushgan va yana ikkitasida (2006, 2010) qaydnomada bo'lgan, biroq tushmagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar