APLning joriy mavsumdagi eng yomon transferlari elon qilindi (TOP 10)
21 may 16:57
Yangiliklar
APLning joriy mavsumdagi eng yomon transferlari elon qilindi (TOP 10)
Feliksning "Chelsi"ga transferi – Goal versiyasi bo'yicha APL mavsumidagi eng yomon transfer, Sterlingning "Arsenal"ga ketishi – 2-o'rin, Kezaning "Liverpul"ga o'tishi – 3-o'rin, Zirkze MYUga – 4-o'rin, Sancho va de Ligt esa top-10 talikda.
Joau Feliksning "Atletiko"dan "Chelsi"ga transferi APL mavsumidagi eng yomon transfer deb topildi.
25 yoshli Portugaliya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi o'tgan yozda "ko'klar" tomonidan 46 million funtga sotib olingan edi.
Ushbu mavsumda londonliklar uchun 20 o'yinda 7 gol urib, 2 ta golli uzatma berdi, lekin APLda 12 o'yinda faqat bir gol va bir uzatma qayd etdi. Qishda o'yinchi "Milan"ga ijaraga jo'nab ketdi.
Goal versiyasi bo'yicha APL mavsumidagi eng yomon 10 ta transfer:
- Joau Feliks ("Atletiko"dan "Chelsi"ga, 46 million funt)
- Raxim Sterling ("Chelsi"dan "Arsenal"ga ijara)
- Federiko Keza ("Yuventus"dan "Liverpul"ga, 12,5 million)
- Djoshua Zirkze ("Bolonya"dan "Manchester Yunayted"ga, 36,5 million)
- Eddi Nketia ("Arsenal"dan "Kristal Pelas"ga, 30 million)
- Kirnan Dyuzberi-Xoll ("Lester"dan "Chelsi"ga, 30 million)
- Emil Smit-Rou ("Arsenal"dan "Fulxem"ga, 34 million)
- Jeydon Sancho ("Manchester Yunayted"dan "Chelsi"ga ijara)
- Matteys de Ligt ("Bavariya"dan "Manchester Yunayted"ga, 43 million)
- Ian Matsen ("Chelsi"dan "Aston Villa"ga, 37,5 million)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar