So’nggi yangiliklar

10:02Қизил карточка, эҳтимолий пеналти ва четлатиш. "Алё, рэф!" Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги ҳакамларнинг қарорларини таҳлил қилди  0 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  5 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  2 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  1 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  7 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  12 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  3 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  6 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  14 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  22

Jahon chempionati boshlandi. Bugun O'zbekiston o'ynaydi Yangiliklar

Jahon chempionati boshlandi. Bugun O'zbekiston o'ynaydi

Ozarbayjon poytaxti Bokuda mini-futbol (6x6) bo'yicha navbatdagi Jahon chempionatiga start berildi.

Malumot uchun, ushbu Jahon chempionati hisob bo'yicha beshinchisi bo'lib, bungacha 2015 yil AQSH, 2017 yil Tunis, 2019 yil Avstraliya va 2023 yil BAAda o'tkazilgan. Hozirgi musobaqada 32ta jamoa qatnashyapti.

Bugun 21 may kuni navbatdagi mundial boshlandi. Jahon chempionati 1 iyunga qadar davom etadi. Quvonarlisi, ushbu mundialda LLF O'zbekiston terma jamoasi ham bor. Futbolchilarimiz bugun guruhdagi dastlabki uchrashuvni Toshkent vaqti bilan 22:45da Ruminiyaga qarshi o'tkazishadi. Malumot uchun, Ruminiya amaldagi chempion hisoblanadi.

A guruhi - Ozarbayjon, Mavritaniya, Sloveniya, Bahrayn.
B guruhi - Ruminiya, Franciya, Chad, O'ZBEKISTON.
C guruhi - Vengriya, Ukraina, Angliya, Turkiya.
D guruhi - Slovakiya, Bolgariya, Portugaliya, Hindiston.
E guruhi - Meksika, Chernogoriya, Tailand, Kosta Rika.
F guruhi - Qozog'iston,AQSH,Bosniya va Gercegovina, Polsha.
G guruhi - Chexiya, Gruziya, BAA, Argentina.
H guruhi - Serbiya, Gana, Ispaniya, Isroil.

LLF O'zbekiston mini-futbol terma jamoasi guruh uchrashuvlarini Ruminiya, Franciya va Chad Respublikasi terma jamoalariga qarshi o'tkazadi.




1-tur. 21 may. 22:45
Ruminiya - O'zbekiston

2-tur. 23 may. 15:00
Franciya - O'zbekiston

3-tur. 25 may. 13:45
O'zbekiston - Chad Respublikasi

Bugun Franciya ilk uchrashuvni Chad Respublikasiga qarshi o'tkazib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Terma jamoamiz delegaciya va tarkibi quyidagicha:

Jamoa rahbari - Doniyor Niyozov
Bosh murabbiy - Vusal Magerramov
Jamoa menejeri - Jamshid Isaev

Darvozabonlar:
Sherzod Mirzarahimov (HAYOT BANK)
Bekzod Amanullaev (HAYOT BANK)
Umidjon Yarbekov (UZPOST)

Futbolchilar:
Bekzod Mirsaidov (HAYOT BANK)
Jamshid Islomxo'jaev (OLD SCHOOL)
Kamoliddin Musaev (PROGRESS)
Ruslan Veklich (VOSTOK)
Aziz Mamatov (HAYOT BANK)
Asror Ro'zmatov (UZDTV)
Ahror Umarjonov (ERMAK)
Elyor Omonjonov (PROGRESS)
Doniyor Hasanov (HAYOT BANK)
O'tkir Ergashev (HAYOT BANK)
Abdumalik Abdurahimov (ARG'IN)
Azizbek Temirov (METRO)

Mini-futbol bo'yicha Jahon chempionatida vakillarimizga omad tilab qolamiz. 



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика