"Sevilya" "Liverpul" qiziqayotgan o'yinchini 72 million evroga baholadi
23 mar 2021 12:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/626833_original.jpg)
![](/upload/storage/626833_220.jpg)
"Sevilya" "Liverpul" qiziqayotgan o'yinchini 72 million evroga baholadi
"Sevilya" yarim himoyachisi Lukas Okampos APL qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Gap "Vulverxempton" haqida ketmoqda. "Bo'rilar" 26 yoshli argentinalik futbolchi bilan yozgi transfer oynasida shartnoma imzolashga harakat qilib ko'rishadi, ammo transferga Andalusiya klubi talab qilayotgan mablag' halal berishi mumkin.
"Sevilya" jamoa etakchilaridan birini 72 million evroga sotadi. Oldinroq Lukasga "Liverpul" ham qiziqish bildirayotgani borasida xabarlar yangragan edi.
Okampos joriy mavsum La Liga doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 4ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar