So’nggi yangiliklar

14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  1 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  0 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  3 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  4 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  1 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  3 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  10 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  51

Sergey Lushan: "Istefo? Meni oldimda xorijdan beshta taklif bor" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Istefo? Meni oldimda xorijdan beshta taklif bor"

Teglar :  Sergey Lushan
"Bunyodkor" bosh murabbiyi Sergey Lushan "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida istefoga chiqishdan qo'rqmasligini bildirdi.

- O'yin haqida hech narsa deyishga hojat yo'q. Yutqazdik. Natija haqqoniy bo'ldi. Durang o'ynashimiz ham mumkin edi. Ammo "Lokomotiv" darajasidek jamoalarga qarshi bahsda himoyadagi birgina xato ham qimmatga tushadi.
Mavsumni yanada yaxshiroq o'tkazishimiz ham mumkin edi. Yoki aksincha, yomonroq bo'lishi ham mumkin edi. Hozirgi kunda jamoamiz ko'rsata oladigan natijasi bu ikkinchi o'rin. Futbolchilarning bor imkoniyatidan to'liq foydalandik. Bundan ortig'iga hozircha kuchimiz etmaydi. Agarda yanada jiddiyroq vazifalarni bajarmoqchi bo'lsak, unda 3 nafar yuqori darajadagi futbolchilarni jamoaga olishimiz kerak. Masalan Jeparov yoki Kapadze darajasidagi futbolchilarni jamoaga olib kelishga moliyaviy imkoniyatlarimiz etmaydi. Ammo biz o'zimizga kerakli bo'lgan futbolchilarni izlamoqdamiz. Yuqori saviyadagi futbolchilarni topishga harakat qilamiz. Bazilar bilan muzokaralar o'tkazilmoqda.  

- Agarda "Bunyodkor" finalga yo'llanmani qo'lga kirita olmasa, bu sizning faoliyatingizga tasir qiladimi?
- Meni oldimda hozirda xorijdan beshta taklif mavjud. Bu meni qiziqtirmaydi. Meni o'zimning etirozlarim bor, balki menga boshqa etirozlar bo'lishi mumkin. Men o'z ishimni bajardim. Bundan ko'nglim to'q, sababi vijdonim toza. Meni ishimni esa klub rahbariyati baholaydi. Ular nima desa shu bo'ladi.

- Mavsum avvalida siz "Bunyodkor" har uchala frontda (OCHL, Oliy liga, O'zbekiston kubogi) g'oliblik uchun kurashadi degandingiz. OCHL va Oliy ligada vazifalar bajarilmadi. Endi faqat O'zbekiston kubogi qoldi...
- Men o'z hayotimni ushbu o'yindagi g'alaba yoki mag'lubiyatga aralashtirmayman. Bu futbol. Unda nima bo'lishini bilmayman. Jamoani uchrashuvga tayyorlayman. Qanday o'ynashimizni esa vaqt ko'rsatadi. Xotirjam ishlayveraman. CHunki bu mavzu meni o'ylantirmaydi. Agarda menga ishlashga imkon berishsa, unda buni o'ylab ko'raman. Agarda istefoga chiqarishsa, klubga minnatdorchilik bildirib ketaman. Istefo bu muammo emas. Men o'z ishimni ko'rsatib qo'yganman. Ishsiz qolishdan ko'proq nima qilishni bilmaydiganlar qo'rqishsin.

- "Lokomotiv" bilan bo'ladigan yarim final javob bahsi oldidan jamoada yo'qotishlar yo'qmi, jarohatlanganlar masalan?
- Jamoada bu borada biroz muammolar bor. Sato, Javlon Ibrohimov, Nurmatov shamollagan. O'yinga kim tayyor bo'lsa o'shani maydonga tushiraman. Asosiy tarkibni aniqlayotganda familiyalarga etibor qaratmayman.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика