So’nggi yangiliklar

18:13"Капаз" — "Сумқайит". Таркиблар маълум  0 18:08РПЛ. "Акрон" бешта гол урилган ўйинда "Ахмат"ни мағлуб этди, Эсанов эса...  2 18:00ЛаЛига. "Барселона" - "Реал". Асосий таркиблар маълум!  14 18:00АПЛ. "Ньюкасл" ўз уйида "Челси"ни ишончли ҳисобда мағлуб этиб, учинчи ўринга чиқиб олди, "аристократлар" биринчи бўлимда ўн киши бўлиб қолишди  8 17:40"Байер" — "Боруссия Дортмунд". Таркиблар маълум  0 17:28"Машъал" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  1 17:19Суперлига. "Навбаҳор" - "Хоразм" (матнли трансляция)  5 17:11"Тоттенхэм", "Ноттингем Форест" ва МЮ иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  0 17:05"Сивасспор" — "Бодрумспор". Таркиблар маълум  0 16:30"Реал" янги дарвозабон сотиб олмоқчи. Номзодлар маълум  7 15:58Куртуа "Реал" билан шартномасини узайтиришга яқин  1 15:31Бруну Фернандешнинг вакиллари Саудия Арабистони клуби билан музокараларни бошлади  2 15:00"Пахтакор" футболчилари Эл Классикода қандай ҳисоб қайд этилишини тахмин қилди, Сергеевдан антиқа жавоб  13 14:41Носир Абдусаломов: "Қаршига қуруқ қўл билан қайтиб кетиш учун бормаган эдик"  1 14:25"Қўқон-1912" ва ОКМК ўртасида тўртта гол урилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

Sergey Lushan: "Bunyodkor” futbol maktabi Osiyoda eng yaxshi va kuchli maktabga aylanadi" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Bunyodkor” futbol maktabi Osiyoda eng yaxshi va kuchli maktabga aylanadi"

"Persepolis" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan qatnashdi.
“O'ylaymanki, uchrashuv chiroyli va shiddatli o'tdi. Bizda imkoniyat qolmagan bulsa-da, oxirigacha kurashdik. Raqibga biroz omad kulib boqdi. Ayniqsa golga aylantirilgan vaziyatlar borasida. SHogirdlarimga hech qanday etirozim yo'q, ular yaxshi o'ynadilar. Bunday stadionda va shuncha muxlis qarshisida to'p tepish sharaf. “Persepolis”ga omad tilayman, ularni OCHLda uzoqroqqa borishini tilayman", - deydi Lushan.

- Jamoangizda imkoniyat qolmagan bo'lsada yaxshi o'ynadinglar. SHogirdlaringizni uchrashuvga qanday tayyorladingiz va ruhlantirdingiz?

- “Bunyodkor”ning o'z ananalari va tarixi bor. Biz har bir uchrashuvda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Jamoamizda tajribali futbolchilar ham bor, yoshlar ham bor. Bizda eng asosiysi o'yin mazmuni bor. O'yin bo'lsa albatta natija ham bo'ladi. “Bunyodkor” futbol maktabi Osiyoda eng yaxshi va kuchli maktabga aylanadi va biz yaratayotgan tizim barqaror ishlaydi.

- Ikkala golni ham himoyadagi xatolar tufayli o'tkazib yubordinglar. Xatolar haqida nima deya olasiz?

- Bizda tarkib borasida muammolar deb aytib o'tgandim. Eng alamlisi eng asosiy himoyachilarimiz safdan chiqib qolishdi. Masalan qo'l ostimdagi hujumchini chap himoyaga qo'yishga majbur bo'ldim. 10 nafar yoshlarimizni terma jamoaga olib ketishdi. Lekin bizda raqibga qaraganda ko'proq vaziyat bo'ldi. Yigitlar harakat qilishdi. Bu futbol. Kimdir yutadi, kimdir yutqazadi.


"Bunyodkor" matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика