So’nggi yangiliklar

19:01"Ньюкасл" кейинги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 18:39Суперлига. "Нефтчи" - "Шўртан" (матнли трансляция)  5 18:38Ҳакамларимиз Қозоғистон – Қирғиз Республикаси аёллар терма жамоалари ўртасидаги учрашувни бошқариб боришади  0 18:10"Реал Мадрид" — "Реал Сосьедад". Таркиблар маълум  0 17:39“CAFA U-17 Championship 2025” бошланмоқда  3 17:22ЦСКА, "Акрон" ва "Рубин" иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  3 16:50АПЛнинг якунланаётган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси аниқланди  4 16:21"Футбол олами". Ўзбекистон кубоги 1/8 финал жуфтликлари маълум  1 15:45Ўзбекистон кубоги. 1/8 финал баҳсларининг саналари маълум  6 15:29"Насаф" қизиқарли кечган баҳсда ОКМКни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:04"Андижон" "Сурхон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 14:37"Бавария" Вирцнинг трансфери барбод бўлгач, "Манчестер Юнайтед" юлдузини сотиб олмоқчи  10 14:05БАА - Ўзбекистон учрашувига чипталар қачон сотувга чиқади?  10 13:31Ансу Фати янги клубга ўтишга яқин  2 12:54"Реал" мухлислари учун хушхабар  13

Serbiyalik murabbiy Sinisha Mixaylovich vafot etdi Yangiliklar

Serbiyalik murabbiy Sinisha Mixaylovich vafot etdi

Teglar :  Sinisha Mixaylovich
“Torino”, “Fiorentina” klublari hamda Serbiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich 54 yoshida vafot etdi. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano Twitter sahifasi orqali xabar berdi.

2019 yil Mixaylovichga oqqon kasalligi tashxisi qo'yilgandi. Mutaxassis ancha muddat davolandi, shundan so'ng kasallik ortga chekindi. Biroq 2022 yilning bahorida xastalik yana uni bezovta qila boshladi. SHunga qaramay, bu vaqt davomida Mixaylovich murabbiylik faoliyatini davom ettirayotgandi.

Mixaylovich futbolchilik faoliyatida himoyachi ampulasida harakat qilgan. U "Crvena Zvezda", "Roma" singari kuchli jamoalar safida to'p tepgan, ammo "Lacio"dagi (1998-2004) faoliyati orqali jamoatchilikka tanilgan. Mixaylovich 2006 yil “Inter” safida butsalarini mixga ilgan. Xalqaro miqyosda Mixaylovich avvaliga Yugoslaviya, keyin esa Serbiya va CHernogoriya terma jamoalari sharafini himoya qilgan.

2006 yil u "Inter"da yordamchi murabbiy sifatida faoliyatini boshlagan. SHundan so'ng “Fiorentina”, Serbiya terma jamoasi, “Sampdoriya”, “Torino” klublarida ishlagan. Oxirgi uch mavsum davomida Mixaylovich “Bolonya”ni boshqargandi.

Reyting: -21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика