"Nottingem Forest" bosh murabbiy Shon Daychni istefoga chiqardi
12 fev 09:15
Yangiliklar
"Nottingem Forest" bosh murabbiy Shon Daychni istefoga chiqardi
"Nottingem Forest" klubi bosh murabbiy Shon Daych bilan hamkorlikni to'xtatganini rasman elon qildi.
"Nottingem Forest" futbol klubi Shon Daych bosh murabbiylik lavozimidan ozod etilganini tasdiqlaydi. Biz Shon va uning murabbiylar shtabiga klubdagi mehnati uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida omad tilaymiz. Hozircha bu masala yuzasidan qo'shimcha izoh berilmaydi", — deyiladi jamoaning rasmiy saytida elon qilingan bayonotda.
Qayd etish joiz, joriy mavsumda "Nottingem Forest" allaqachon uchinchi murabbiy bilan xayrlashdi. Bundan avval klub Nunu Eshpiritu Santu hamda Angelos Postekoglu bilan hamkorlikni yakunlagan edi.
Ayni paytda jamoa Angliya Premer-ligasi musobaqa jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar