

33 yoshli futbolchi "o'rmonchilar" bilan 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi.
Ben Jeykobsning ma'lumotiga ko'ra, bu bepul transfer, bonuslar hisobiga summa 500 ming funtgacha ko'tarilishi mumkin.
Ortega "Siti" safida 2022 yildan buyon o'ynab kelayotgandi va klub bilan 7 ta sovrin, jumladan, APL va Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan. U joriy mavsum birorta ham o'yinda maydonga tushmadi.



