Tyago Motta bugun A Seriya klubi murabbiyi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda
12 sen 2022 10:45
Yangiliklar
Tyago Motta bugun A Seriya klubi murabbiyi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda
Italiya TJ sobiq azosi Tyago Motta murabbiylik faoliyatiga qaytmoqda.
40 yoshli mutaxassis bugun “Bolonya” ustozi sifatida tanishtiriladi, deb xabar qiladi insayder Nikola Skira.
Italiyalik klub bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolaydi va uning tovon puli yiliga 1 mln evroni tashkil qilishi aytilmoqda.
Mottaning oxirgi ish joyi “Speciya” bo'lgan va u jamoani joriy yil iyun oyida tark etdi. Oldinroq esa u “Jenoa”ni boshqargan va PSJ yoshlar jamoasida faoliyat olib borgandi.
Avvalroq, “Bolonya” Sinisha Mixaylovichni istefoga chiqargandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar