

Sinisha Mixaylovich jamoa bosh murabbiyligidan ozod etilgan. Rahbariyat bu haqda mutaxassisga seshanba kuni Rimda kechgan shaxsiy uchrashuvda ma'lum qildi. Eslatib o'tamiz, ayni paytda "Bolonya" chempionatning 5-turidan so'ng 3 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turibdi.



