"Lokomotiv" Antaliyadagi beshinchi nazorat o'yinida g'alaba qozondi

Administrator
12 fev 2026, 01:50
Yangi mavsum uchun tayyorgarlikni Antaliyada davom ettirayotgan "Lokomotiv" yig'in doirasidagi beshinchi nazorat o'yinini o'tkazdi.

Ruminiyaning "ASA Targu Muresh" jamoasi raqiblik qilgan bahsda "Loko" 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda Temurxo'ja Abduxoliqov dubl qayd etgan bo'lsa, Sardor Mirzaev ham raqib darvozasini ishg'ol etdi.

"Lokomotiv" - "ASA Targu Muresh" 3:2

Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov (31, 55), Sardor Mirzaev (40) - Okan Chatziterzoglou (80), Krishtianu Magureshan (90).

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати