

Klub tarkibni ham kuchaytirish va selekciya ishlariga jiddiy kirishgan. G'uzorliklar safiga 4 nafar legioner kelib qo'shildi. Xususan, belaruslik himoyachi Roman Vigoriya, gruziyalik mudofaa chizig'i vakillari Beka Xorshiladze, Levan Barabadze va rossiyalik qanot futbolchisi Yuriy Klochkov. Ular kecha "Lokomotiv" U-21 jamoasiga qarshi kechgan nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
"Sho'rtan" navbatdagi uchrashuvini 14 fevral kuni Tojikistonning "Regar-TadAZ" jamoasiga qarshi o'tkazadi.




