"Bolonya" Mixaylovichning o'limidan so'ng sparringni bekor qildi
17 dek 2022 18:46
Yangiliklar
"Bolonya" Mixaylovichning o'limidan so'ng sparringni bekor qildi
"Bolonya" rasmiy saytida sobiq bosh murabbiy Sinisha Mixaylovichning vafoti tufayli o'yin bekor qilinganini elon qildi.
17 dekabr kuni "Bolonya" Sloveniyaning "Gorica" klubiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi kerak edi, biroq Italiya klubi rahbariyati va murabbiylar shtabi o'yinni bekor qilishga qaror qildi.
Uchrashuv o'rniga jamoa futbolchilari yopiq eshiklar ortida mashg'ulot o'tkazishadi.
Eslatib o'tamiz, 16 dekabr kuni 53 yoshli Sinisha Mixaylovich vafot etgani elon qilingandi.
2006 yilda u "Inter"da yordamchi murabbiy sifatida faoliyatini boshlagan. SHundan so'ng "Fiorentina", Serbiya terma jamoasi, "Sampdoriya", "Torino" klublarida ishlagan.
Mixaylovichning so'nggi klubi "Bolonya" bo'lib, u shu yilning sentyabr oyida qoniqarsiz natijalar tufayli uni tark etgan.
Fikrlar