Noxush xabar. Sinisha Mixaylovich yana kasalxonaga yotqiziladi
26 mar 2022 20:48
Yangiliklar
Noxush xabar. Sinisha Mixaylovich yana kasalxonaga yotqiziladi
Italiyaning “Bolonya” klubi ustozi Sinisha Mixaylovich yaqin orada kasalxonaga yotqizilishini aytdi.
Mutaxassisda leykemiyaning takrorlanishi – qon saratoni bor. SHuni takidlash kerakki, avvalroq serbiyalik mutaxassis kimyoterapiyaning bir necha seanslarini boshdan kechirgan edi.
"Leykemiya qaytdi: keyingi haftada kasalxonaga borishim kerak, ammo men sizga yana bir dars o'tib qo'yishga tayyorman", – dedi u maxsus matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Mixaylovich kasalligi haqida 2019 yilning yozida elon qilgan edi. Mutaxassis uchta kimyoterapiya kursidan o'tdi, keyin suyak iligi transplantaciyasi amalga oshirildi. Klub serbiyalik bosh murabbiylik lavozimida ishlashda davom etishini, kasallik bunga to'sqinlik qilmasligini aytgandi.
"Bolonya" Italiya chempionatining 29-turidan so'ng 33 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 12-o'rinda bormoqda.
Fikrlar