“Bolonya” ustozi: “U MYUga ketsa xursand bo'lardim, ammo …”
09 avg 2022 09:40
Yangiliklar
“Bolonya” ustozi: “U MYUga ketsa xursand bo'lardim, ammo …”
Avvalroq, “Bolonya” forvardi Marko Arnautovichni “Manchester Yunayted” o'z safiga qo'shib olmoqchiligi xabar qilingandi.
“Qizil-ko'klar” ustozi Sinisha Mixaylovich bunga munosabat bildirdi.
“Agar u “Manchester Yunayted”ga o'tsa, Marko uchun xursand bo'lardim, ammo ketmasa kerak deb o'ylayman. Arnautovich bilan MYUning taklifi borasida gaplashdik, u ketish yoki ketmasligini ko'ramiz … ammo u jamoada qoladi deb o'ylayman”, degan Mixaylovich.
“Qizil iblislar” 33 yoshli hujumchining transferi uchun 8 mln evro taklif qilmoqda. “Bolonya” sport direktori Marko di Vayo Arnautovichga MYU qiziqayotganini tasdiqladi, ammo klub uni sotishni rejalashtirmayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar