So’nggi yangiliklar

21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  0 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  0 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  5 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  1 19:06"Вест Хэм" "Бавария" ҳимоячиси трансфери борасида келишиб олди  0 18:40"Лас-Пальмас" Янузайни ижарага олди  3 18:15"Бунёдкор" япониялик футболчини таркибга қўшиб олди  6 17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  2 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   2 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  5 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  8 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  28

Sayqali ro'yi zaminda o'zbek futbolining 110 yilligi nishonlandi Yangiliklar

Sayqali ro'yi zaminda o'zbek futbolining 110 yilligi nishonlandi

O'zbek futbolining 110 yilligi Samarqand viloyatida o'tkazildi.

Ushbu viloyat tarixiga begona bo'lmagan nomdagi tezyurar poezdda erta tongdan yo'lga otlandik. Samarqand aynan turistbop shahar emasmi, sanashga barmoqlar ojizlik qiladigan darajada ancha-muncha sayyoh bizga hamrohlik qildi. Ular sudrab ketayotgan sumkalar ham 5-sinf o'quvchisining bo'yi bilan barobar keladi. Vaholanki, poytaxtdan chamasi 450-500 kilometr narida istiqomat qiladigan ota-onam bazan yiliga bir marotaba Toshkentga kelish baxtiga ham muyassar bo'la olmasligi mumkin.

Samarqandda bizni yaxshi kutib olishdi. O'zimizni "katta odamlar" singari his qilib, katta avtomobilda ketishni istab qoldik hamda avtobusga mindik. SHahar ko'chalari bo'ylab poytaxt boy bergan uzunquloq tramvaylarni, futbol maydoni rangidagi kartani qo'lga kiritish uchun ro'yxatga olayotgan qator do'konlarni tomosha qilib ketdim. 

Sayohatimiz dastlab Amir Temur haykali poyiga guldasta qo'yish bilan boshlandi. So'ngra odam gavjumligidan qadam bosish mushkulroq bo'lgan bobokalonimiz maqbarasini ziyorat qildik.

Keyin esa delegaciya O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo'yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. SHundan so'ng intiqlik bilan kutilgan Registon majmuasida esdalik uchun suratga tushishning ellik xil usulini amalda sinab ko'rdik.

Tushdan so'ng Samarqand shahrida joylashgan “Dinamo” o'yingohida O'FA hamda Samarqand viloyati faxriylari o'rtasida futbol uchrashuvi bo'lib o'tdi. Mezbonlar posbonidan boshqa butun stadion gol ko'rish umidida edi. Afsuski va tasannoki, Samarqand FA posboni Bekzod Hasanovning seyvlari jamoasini mag'lubiyatdan saqlab qoldi.

Samarqand FA — O'zbekiston FA 0:0

"Dinamo" stadioni

Hakamlar: Xushvaqt Muxtorov, Salohiddin Eshboev, Zufar Isroilov, Masud Abdualimov

Samarqand FA: 12.Bekzod Hasanov, 34.Uchqun Qobilov, 26.Bahodir Tayloqov, 10.Zokir Narzullaev, 44.Komil Rajabov, 2.Vladimir Ayrapetov, 4.Bahodir Aliqulov, 8.SHuhrat Husainov, 11.Asli Siddiqov, 6.Usmon Tilov, 20.Usmon Mardonov, 6.Nurullo Sobirov, 4.Olim Mo'minov

O'zbekiston FA: 1.Sobir Almamedov, 2.Mamur Saidqosimov, 18.Nizom Nasritdinov, 17.Fayzi SHoimqulov, 5.Bobur Xolbo'taev, 9.Aleksey Estafeev, 16.Ravshan Haydarov, 8.Rahmiddin Zikriyaev, 11.Umid Olimjonov, 19.G'ayrat Odilov, 7.Azamat Abduraimov, 13.Elbek Musaev, 9.Albert Ahmadaliev

Kechki ovqat uchun Amerika shaharlaridan birining nomi bilan ataladigan restoranga bordik. O'sha lahazalarda bizni taomdan-da ko'proq maroq beradigan ikkita dahshatli futbol klassikosi kutib turgandi: biri Ispaniyada, ikkinchisi esa Angliyada. Tabiiyki, mobil telefonimizdagi tribunalardan joy olishga harakat qildik. Ammo ne ko'z bilan qaraylikki, ichkarida aloqaning "a" harfini ham topolmadik. SHu bois, taomlar to'qnashuvidan ko'ra futbolchilar to'qnashuvini afzalroq ko'rib, 4-5 kishi tashqarida o'yinni tomosha qildik. Garchand havo harorati etlarimizni raqs tushiradigan darajada bo'lsa-da, uchrashuv harorati ostida sovuq qotayotgan odamning harakatlarini bajarishni ham ununtib qo'ydik. Tanaffusda esa amallab mehmonxonaga etib oldik.

Ustoz fotograf Hasan Pirmuhamedov bilan mehmonxona atrofidagi chiroyli palma daraxtlari diqqatimizni tortdi. Daraxtlar qatl etilayotgan hamda o'z nomiga mos bo'lib ketayotgan poytaxtda hech bo'lmaganda shunday manzarali daraxtlar ekilsa, ko'ngil biroz xotirjam bo'lardi jilla qursa.

Ertasi kuni O'FA rahbariyati, mutasaddilar hamda OAV vakillari o'zbek futbolining faxriysi, ko'plab futbolchilarning ustozi Igor Remnyov xonadoniga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida Igor Nikolaevichning viloyat futboliga qo'shgan hissasi eslab o'tildi. Futbolimiz faxriysiga “O'zbek futboli rivojiga qo'shgan hissasi uchun” ko'krak nishoni topshirildi. Igor Nikolaev faoliyati davomida "Dinamo" va "Bulung'ur" jamoalarida to'p tepgan ekan.

So'ngra O'FA delegaciyasi Samarqand farzandi, viloyat futboli afsonasi SHavkat Axmerov xonadoniga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida Samarqand futbolining yorqin tarixi va SHavkat Abdullaevichning viloyat futboliga qo'shgan hissasi eslab o'tildi. Futbolimiz faxriysiga “O'zbek futboli rivojiga qo'shgan hissasi uchun” ko'krak nishoni topshirildi. SHavkat Axmerov ham faoliyatini mazkur hududda o'tkazgan hamda turli lavozimlarda ishlagan. Jumladan, "Dinamo" bosh murabbiyi sifatida faoliyat ko'rsatgan.

Samarqand viloyati hokimligida o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan ochiq va samimiy uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov, o'zbek futboli faxriylari va OAV vakillari ishtirok etdi. 

Uchrashuvda Erkinjon Turdimov va Ravshan Irmatov barchani futbolimizning 110 yilligi bilan samimiy qutladilar. SHundan keyin viloyat hokimi Samarqandda futbol rivoji yo'lida amalga oshirilgan ishlar va bo'lajak rejalar bilan o'rtoqlashdi. 

"Futbolda ancha o'zgarishlar bo'ldi, raqobat kuchaydi, tanqidlar ustida ishlanyapti. Futbolning saviyasi o'smoqda. Oldin kun chiqsayam Paxtakor, oy chiqsayam Paxtakor edi. Hozir chempionlik uchun jiddiy kurash ketmoqda. Futbol odamlarni yoshartiradi va jipslashtiradi", – dedi Samarqand viloyati hokimi.

Uchrashuv so'ngida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovga “O'zbekiston futboli rivojiga qo'shgan hissasi uchun” ko'krak nishoni topshirildi. Bundan tashqari, bir qator faxriy hamda mutasaddilarga esdalik sovg'alari berildi.

U erdan chiqib, Samarqandda qad rostlagan “Boqiy shahar”da yosh futbolchilar bilan uchrashdik. 

Uchrashuv davomida yosh sportchilar futbolimiz afsonalari bilan suhbatlashdilar. Bo'lg'usi futbolchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Uchrashuv yakunida faxriylarimiz yoshlarga maslahatlar berib, ularga kelajakdagi faoliyatlarida omad tiladilar. Samarqandlik yosh sportchilar ichidan kelajakda terma jamoalarga nomzod futbolchilar etishib chiqishiga tilak bildirildi.

Nihoyat, kunning asosiy voqeasi — "Dinamo" va "Metallurg" o'rtasidagi bahsga tashrif buyurdik. Uchrashuvdan oldin bir qator faxriylar “O'zbekiston futboli rivojiga qo'shgan hissasi uchun” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Afsuski, mazkur to'qnashuv mezbon jamoa muxlislari uchun dastro'mol ushlaydigan kayfiyatni baxshida etdi. Uchrashuv 0:1 hisobida bekobodliklar foydasiga hal bo'ldi.

"Dinamo" - "Metallurg" - 0:1  
17 oktyabr 2022 yil. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Rustam Lutfullin, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov, Erlan Nurjanov
VAR hakami: Rahimbek Karimov
AVAR hakami: Sanjar SHoyusupov
Nazoratchi: Zokir Qodirov
Komissar: Alisher Fayziev

Gol: Bektemir Abdumannonov 15, - 0:1 (Farrux Ibrohimov).

"Dinamo": 1. Farhod Rahmatov, 5.Mixaylo Yovanovich, 7. SHohruhbek Abdurahmonov, 13. Javlonbek Malikov (70. Oybek Nurmatov, 46), 15. Jo'rabek Mannonov, 16. Bobur Mamadolimov, 17. Erkin Boydullaev, 18. Mexriddin Musurmonov (21. SHohruh Mahmudxojiev, 59) (8.Azim Mirzaev, 82), 22. Abdujamol Isroilov (88.Evgeniy CHumak, 24), 27.Marat Bikmaev (11. Sahob Rashidov, 46), 78. Elguja Grigalashvili.
Zaxira: 12. Miloe Prekovich, 77. Vohidjon Oqbo'taev, 87. Elnurbek Saitmuratov.

"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 4.Kerim Palich (19.Ergash Ismoilov, 90+7), 9.Zabihillo O'rinboev (16.Jasur Xolto'raev, 86), 10.Bektemir Abdumannonov (30.Ibrohim Ibragimov, 53), 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 18.Anvar G'ofurov, 22.SHahzodbek G'ofurbekov (6.Xudoyshukur Sattorov, 86), 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 80.Farruh Ibrohimov, 94.Farhod Bekmurotov, 97.Muhammadali Aliqulov.
Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 5.Abbos Otaxonov, 7.Boburbek Farhodov, 25.SHahzodjon Nematjonov, 26.Mirkomil Abdurazoqov.

Ogohlantirishlar: Farrux Ibrohimov 5, Marat Bikmaev 31, Mixaylo Yovanovich 44, Erkin Baydullaev 55, SHohruh Abdurahmonov 59, Oybek Nurmatov 69, Sahob Rashidov 70, 

CHetlatish: SHohruh Abdurahmonov 90+4 (2SK), Erkin Baydullaev 90+4, Akmal Ortiqov 90+4.

SHu tariqa, tarixiy shahardagi sayohatimiz ham o'z poyoniga etdi.

"Gullar shahri"ga sayohat nimasi bilan yodda qoldi?

Afsonalar yurtiga sayohat

PUBG o'ynaydigan hamda tish shifokori bo'ladigan bolakaylar; "Real Madrid" akademiyasi, mezbon jamoalarga tatimayotgan bayram — Toshkent viloyatida o'zbek futbolining 110 yilligi nishonlandi

Qashqadaryodan Surxondaryoga(cha). 1-qism

Qashqadaryodan Surxondaryoga(cha). 2-qism

Qoraqalpog'iston safari haqida

Toshkentdan Xorazmgacha...

Jizzaxnoma (futbol va futboldan tashqari)


Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика