"Manchester Siti" Edersonni sotishga tayyor Yangiliklar

"Manchester Siti" Edersonni sotishga tayyor

"Manchester Siti" darvozaboni Ederson faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

Braziliyalik futbolchiga "Galatasaroy" davogarlik qilmoqda. Bu haqda jurnalist Yakup Chinar xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, turk grandi bosh murabbiyi Okan Buruk darvozabon bilan telefon orqali muloqot qilgan. Ammo, Edersonning rafiqasi shaxsiy sabablarga ko'ra Angliyada qolishni xohlaydi.

"Manchester Siti" futbolchini sotishga tayyor, ammo 10 mln evrodan kamiga emas.

Edersonning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
26 iyu 21:45:19
Manchester City Championes
Tuppa tuzuk darvozaboni sotip nima qilasan axmoqlar
   
26 iyu 21:55:45
Shohzod Nosirboyev
Buyoqda Ederson, buyoqda Ter Shtegen kerak, a buyoqda Keylor Navas kerak emas jamoasiga. Yosh oʻtgandan keyin hech kimga kerak emas degani shu boʻlsa kerak...
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика