"Real" "Arsenal" bilan uchrashuv uchun delegaciya tayyorlamoqda
26 iyu 18:40
Yangiliklar


"Real" "Arsenal" bilan uchrashuv uchun delegaciya tayyorlamoqda
"Real" Uilyam Salibadan voz kechmayapti.
"Qaymoqranglilar" franciyalik himoyachi borasida "Arsenal" bilan muzokara o'tkazish uchun delegaciya tayyorlamoqda.
23 yoshli markaziy himoyachi aprel oyida "Santyago Bernabeu"da "Arsenal"ning "Real"ga qarshi o'yinida yorqin taassurot qoldirgandi. Bazi malumotlarga ko'ra, aynan shu o'yini tufayli u "Real"ning xohlayotgan futbolchilari ro'yxatida birinchi o'rinni egallagan.
Salibaning "Arsenal" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan bo'lsa-da, bu ispan klubini to'xtata olmaydi. Klub Salibani himoyachilarning keyingi avlodini boshqarishi mumkin bo'lgan asosiy figura deb hisoblamoqda va ular "Arsenal" hamda futbolchi bilan rasmiy muzokaralarni boshlashga tayyorlanmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar