"Andijon" nigeriyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Alisher Ostonov
26 iyul 2025, 16:42
"Andijon" yozgi transferlar oynasida yangi o'yinchini o'z safiga qo'shib oldi.

"Tanishing: jamoamizning yangi hujumchisi – Ismail Akinade!

Ma'lumot uchun, Akinade 1994 yilning 11 fevral sanasida Nigeriyada tavallud topgan. U markaziy hujumchi poziciyasida to'p suradi.

Oxirgi klubi Malayziyaning Terenganu jamoasi hisoblanadi.

Hujumchi faoliyati mobaynida 295 ta uchrashuv maydonga tushib raqiblar darvozasiga 80 ta gol urgan va 47 ta golli pasni uzatgan.

Ismail, Andijonning ahil oilasiga xush kelibsan!", - deyiladi klub xabarida.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати