Saul ketma-ket ikki marotaba "Atletiko"ning yangi yildagi ilk golini urdi

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2017, 17:43
"Atletiko" Ispaniya Chempionatining 17-tur uchrashuvida "Eybar" mehmoni bo'ldi.

Bu bahsda "matraschilar" 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Ushbu o'yin "Atletiko"ning 2017 yildagi ilk uchrashuvi hisoblanadi. Jamoa yarim himoyachisi Saul Niges ikkinchi marotaba "Atletiko"ning yangi yildagi ilk goliga mualliflik qildi.

Saul o'tgan safar bu natijani "Rayo Valekano"ga qarshi Ispaniya Kubogi bahsida qayd etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia