Saul Turkiyaga ko'chib o'tish fikridan qaytdi. Nega?

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2025, 23:48
Saul Niges "Trabzonspor"ga o'tish fikridan qaytdi.

Avvalroq yarim himoyachi "Atletiko" bilan shartnomani bekor qilib, turk klubiga o'tishi xabar qilingan edi.

Biroq, insayder Fabricio Romano ma'lumotlariga ko'ra, 30 yoshli o'yinchi fikrini o'zgartirdi. Futbolchi allaqachon to'rt yillik shartnoma bo'yicha kelishib qo'ygan edi. U bugun Turkiyaga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun uchib ketishi kerak bo'lgan.

Aniqlanishicha, transfyerdan bosh tortishga oilaviy qaror sabab bo'lgan. "Trabzonspor" bilan muzokaralar to'xtatildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano