Saul "Atletiko"ning asosiy futbolchisi bo'lishni istaydi

Mirjalol Normatov
7 iyun 2022, 00:32
Yarim himoyachi Saul Niges "Chelsi"dan "Atletiko"ga qaytdi.

"Marca" xabariga ko'ra, 27 yoshli ispaniyalik futbolchi klub murabbiylari bilan uchrashuvda boshqa ijaraga ketishni istamayotgani, "Atletiko"ning asosiy futbolchisi bo'lish uchun harakat qilishini aytib o'tgan.

O'tgan mavsumda Saul London jamoasi tarkibida 23 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi. Uning "Atletiko" bilan shartnomasi 2026 yil yoziga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca