Saul "Atletiko"ning asosiy futbolchisi bo'lishni istaydi
07 iyu 2022 00:32
Yangiliklar
Saul "Atletiko"ning asosiy futbolchisi bo'lishni istaydi
Yarim himoyachi Saul Niges "CHelsi"dan "Atletiko"ga qaytdi.
"Marca" xabariga ko'ra, 27 yoshli ispaniyalik futbolchi klub murabbiylari bilan uchrashuvda boshqa ijaraga ketishni istamayotgani, "Atletiko"ning asosiy futbolchisi bo'lish uchun harakat qilishini aytib o'tgan.
O'tgan mavsumda Saul London jamoasi tarkibida 23 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi. Uning "Atletiko" bilan shartnomasi 2026 yil yoziga qadar davom etadi.
Fikrlar