Saudiya Arabistoni klubi Ronaldu uchun narxni yanada oshirdi
27 noy 2022 11:55
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni klubi Ronaldu uchun narxni yanada oshirdi
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Krishtianu Ronalduni Osiyoda juda katta mablag'li shartnoma kutmoqda.
Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubi Krishtianu Ronalduga taklif bilan chiqdi. Portugaliyalik futbolchi ushbu klubda 3 yilda 216 mln evro ishlab topishi mumkin. Biroq Krishtianu yakuniy qarorni jahon chempionatidan keyin chiqarishni malum qilgan.
Eslatib o'tamiz, JCH 1-turi doirasida Ganaga qarshi o'yin oldidan "Manchester Yunayted" futbolchi bilan shartnomaning bekor qilinganligini rasman elon qildi. Ayni damda futbolchi erkin agent maqomida.
Fikrlar