Tarixga nazar. O'zbekiston terma jamoasi mag'lub bo'lgan penaltilar seriyasini yodga olamiz
27 fev 23:40
Yangiliklar


Tarixga nazar. O'zbekiston terma jamoasi mag'lub bo'lgan penaltilar seriyasini yodga olamiz
Uchrashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobi bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa Koreya Respublikasi futbolchilari aniqroq zarba berishdi. Shunday qilib, terma jamoamiz Chilida bo'lib o'tadigan U20 Jahon Chempionatidan quruq qoldi.
Penaltilar seriyasini ko'pincha "lotereya" deb ham atashadi. Bunday tarifning sabablari ko'p. Masalan, Badjo va Messi kabi mahoratli futbolchilar 11 metrlik nuqtadan xatoga yo'l qo'yishgan. Shuningdek, ruhiy bosim yoki kutilmagan xato bir soniyada barchasini o'zgartirib yuborishi mumkin. Xullas, penaltilar seriyasining natijasini o'zgartirib yuborishi mumkin bo'lgan scenariylar juda ko'p, lekin men penaltilar seriyasini "lotereya" deyishlariga qo'shilmayman. Zamonaviy futbolda malumot ko'p va chuqur tahlil bor. Raqib jamoa qanday 11 metrlik nuqtadan ko'pincha qanday zarba berishi va darvozabon qanday harakatlanishini o'rganib chiqish mumkin. Hozirgi kunda penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'rish ancha osonroq.
So'nggi vaqtlarda penaltilar seriyasi o'zbek futboli uchun jiddiy muammoga aylandi. Qatardagi Osiyo Kubogi, U23 Osiyo Kubogi finalidagi penalti va boshqalar. Biz esa, O'zbekiston futbolining yangi tarixidagi muvaffaqiyatsiz penaltilar seriyasini yodga olamiz.
Dastlabki mag'lubiyat
2004 yil Chin yurtida o'tkazilgan 13chi Osiyo Kubogi, bir nechta qiziqarli voqeiyliklar tufayli, O'zbek futboli ixlosmandlarning yodida qolgan. O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kuboklaridagi faqatgina uchinchi ishtirokiga kelib, birinchi marotaba pley-off bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Ushbu tarixiy hodisa aynan Xitoydagi musobaqa ro'y bergan. Qura tashlash marosimida uchinchi faqatgina uchinchi savatchadan o'rin egallagan terma jamoamiz, yakunda Saudiya Arabistoni, Iroq va Turkmaniston terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgandi.
Musobaqa Xitoyda bo'lib o'tgani tufayli, terma jamoamizning etakchi futbolchilaridan biri Maksim Shackix o'sha vaqtda mezbon mamlakatda keng tarqalgan parranda grippi sababli musobaqada ishtirok etishdan bosh tortgan degan gap-so'zlar yuradi. Shu masalaga aniqlik kiritish uchun Shackixning o'zi bilan bog'landim va nega Xitoydagi musobaqaga bormagani haqida so'radim. Shackix musobaqa yozda o'tkazilgani tufayli ishtirok eta olmagani va Osiyo va Evropa futbolining taqvimi bir-biriga to'g'ri kelmasligi haqida aytdi. Shuningdek, o'sha vaqtlarda Moskvaning "Lokomotiv" klubi safida to'p tepgan Vladimir Maminov, Oleg Pashininlar klubi ruxsat bermagani tufayli musobaqada ishtirok etishmagan. Jafar Irismetov o'sha vaqtlarda Qozog'iston chempionatida faoliyat yuritgani va siyosiy vaziyat tufayli yakuniy qaydnomadan o'rin olmagan edi. Ularning o'rni Aleksandr Geynrix, Ilyos Zeytullaev, Marat Bikmaev va Islom Inomov kabi yosh futbolchilar bilan to'ldirilgandi. Bosh murabbiy vazifasini Ravshan Haydarov bajargan, ammo yordamchi murabbiy germaniyalik Yurgen Gyodening ham o'rni katta bo'lgan.
Bir nechta tajribali futbolchilarsiz musobaqaga etib kelgan terma jamoamiz dastlabki bahsda Iroqni Mirjalol Qosimovning 21-daqiqadagi jarima zarbasidan urgan goli evaziga mag'lub etadi. Ikkinchi turda esa to'rt yil avvalgi Osiyo Kubogida finalga qadar etib borgan Saudiya Arabistoni bilan to'qnash kelganmiz. 19 yoshlik Aleksandr Geynrix 13-daqiqada Saudlar darvozasini ishg'ol etadi. Uchrashuvda boshqa gollar urilmaydi va terma jamoamiz musobaqadagi ikkinchi bahsda ham kichik 1:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritadi. Guruh bosqichining so'nggi raqibi - Turkmaniston edi. Pley-off masalasini muddatdan avval hal qilgan Haydarov shogirdlari Turkmanistonga qarshi bahsda ham yana 1:0 hisobidagi g'alabani qayd etishadi. Terma jamoamiz sardori Mirjalol Qosimovning 58-daqiqada jarima zarbasidan unumli foydalanadi. Qizig'i shundaki, Mirjalol Qosimov musobaqa davomida ikki marotaba raqib darvozabonini dog'da qoldirgan va ikki golini ham jarima zarbasidan urgan.
Chorak final bosqichida "A" guruhida ikkinchi o'rinni band etgan Bahrayn bizga raqiblik qilgan. Chendu shahrida o'tkazilgan bahsning birinchi bo'limida darvozalar ishg'ol etilmagan. Ikkinchi bo'limda esa ikki jamoalar ochiq futbol ko'rsatishga kirishib ketishadi, 60-daqiqada yosh Geynrix jarima zarbasidan to'p kiritib hisobni ochadi, ammo xursandchilik uzoqqa cho'zilmaydi. Raqib futbolchisi Alo Hubayl 71-daqiqada qanotdan uzatilgan to'pga birinchi bo'lib etib keladi va oradagi farqni yo'qqa chiqaradi. Oradan besh daqiqa o'tar-o'tmas darvozabonimiz Evgeniy Safonov qanotdan uzatilgan to'pni ushlab qola olmaydi, darvozabondan qaytgan to'pni yana o'sha Alo Hubayl darvozamizga joylab qo'yadi. O'yin yakunlanishiga bir necha daqiqa qolgan bir pallada, Vladimir Shishelov Bahrayn markaziy himoyachilarini ortda qoldirib, darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqadi va hisobni tenglashtiradi. Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobi bilan yakunlanadi va bahs g'olibini aniqlash uchun qo'shimcha bo'limlarga murojaat etiladi. Ekstra taymlarda terma jamoamiz ko'proq to'pga ega qilgan va vaziyatlar yaratganiga qaramay, hisob o'zgarmaydi. Endi esa bugungi mavzuyimiznin asosiy qismi penaltilar seriyasiga etib keldik.
Seriyani bahraynliklar boshlab beradi. Hujumchi Husayn Ali o'z imkoniyatidan unumli foydalanadi. Terma jamoamizdagi dastlabki zarbani Andrey Fyodorov amalga oshiradi va hisobni "lotereya"dagi muvozanatni tiklaydi. Bahrayn terma jamoasining ikkinchi zarbasini Juma Muhammad ijro etadi, ammo Evgeniy Safonov to'p yo'nalishini topadi va zarbani bartaraf etadi. Server Jeparov seriyadagi ikkinchi zarbaga mualliflik qiladi va aniq zarbasi bilan seriyadagi hisobni 2:1 ko'rinishiga keltiradi. Baba Ali Husayn ham o'z zarbasidan unumli foydalanadi, hisob 2:2. Uchinchi zarbani berish uchun Aleksandr Geynrix keladi. Asosiy vaqtda jarima zarbasidan chiroyli gol kiritgan Sasha, 11 metrlik zarbani sovuqqonlik bilan ijro etdi va to'pni darvozabon ochiq qoldirgan burchakni mo'ljalga oldi. Farxon Solih esa hisobni hisobni tenglashtirdi, 3:3. To'rtinchi zarbani ijro etish uchun 18 yoshlik Marat Bikmaev darvoza tomon bora boshlaydi. Bikmaev kuchli zarba beradi, to'p esa darvoza to'sini ustidan o'tib ketadi. Bikmaevdan keyingi zarbani asosiy vaqtda dubl qayd etgan Alo Hubayl ijro etadi va to'pni chap burchakka joylab qo'yadi, hisob 3:4. Leonid Koshelev so'nggi zarbani ijro etadi, ammo Koshelevning noaniq chiqadi va darvoza ustuni yonidan o'tib ketadi. Shunday qilib, O'zbekiston terma jamoasi penaltilar seriyasida 3:4 hisobida mag'lub bo'ladi va musobaqani chorak final bosqichida tark etadi.
Osiyo Kubogi-2004. Chorak final.
O'zbekiston – Bahrayn 2:2, penaltilar seriyasi - 3:4
30.07.2004. Chendu (Xitoy). “Longjuan” stadioni
Bosh hakam: Chon Chul Kvon (Janubiy Koreya)
Gollar: Aleksandr Geynrix (60), Vladimir Shishelov (86) – Alo Hubayl (71, 76)
O'zbekiston: 21. Evgeniy Safonov, 3. Andrey Fyodrov, 24. Asror Aliqulov, 28. Aleksey Nikolaev, 4. Mirjalol Qosimov (6. Leonid Koshelev, 106), 8. Server Jeparov, 18. Temur Kapadze (26. Marat Bikmaev, 83), 7. Andrey Akopyanc, 9. Anvar Soliev (20. Eldor Magdeev, 33), 11. Vladimir Shishelov, 15. Aleksandr Geynrix.
Bahrayn: Abdulla Ali Said, Abdulaziz Faysal, Juma Muhammad; Baba Husayn Ali, Jalol Said Mahmud (Isa Salmon, 67), Al-Dovsari Rashid, Salmin Muhammad, Yusuf Talal (Farxon Solih, 85), Hubayl Muhammad, Jafar Muhammad (Ali Husayn, 59), Alo Hubayl.
Toshkentdagi mag'lubiyat
O'zbekiston milliy terma jamoasi Braziliya maydonlarida o'tkazilgan mundial saralashida namoyish etgan yorqin o'yinlari bilan yodimizda qolgan. Uchinchi saralash bosqichida terma jamoamiz Eron, Janubiy Koreya, Qatar va Livan terma jamoalari bilan bahs olib borgan edi. Yakunda O'zbekiston ham, Janubiy Koreya ham 14 ochko to'plagandi, biroq to'plar nisbati koreyslarda yaxshiroq bo'lgani uchun "Osiyo yo'lbarslari" ikkinchi o'rinni egallagan holda Jahon chempionatiga to'g'ridan-to'g'ri yo'l olishgan edi. Terma jamoamiz uchinchi o'rin bilan pley-off bosqichiga yo'l oladi. Pley-off bosqichida esa Iordaniya bizga raqiblik qiladi. Dastlabki bahsni terma jamoamiz safarda Amman shahrida o'tkazgan. Uchrashuvning 30-daqiqasida raqib futbolchisi Musab Allaham chiroyli kombinaciyadan so'ng to'pni darvozamizga joylab qo'yadi. 35-daqiqada esa Jasur Hasanovning qanotdan maydon markazidagi Server Jeparovga uzatadi, Server Jeparov esa to'pni to'xtatmasdan zarba beradi. Raqib darvozaboni xatoga yo'l qo'yadi va to'p darvozadan joy oladi. Uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlanadi.
Besh kundan so'ng esa jamoalar Toshkentda to'qnash kelishadi. Ignatiy Nesterov jarohat olgan edi. Tarkibda o'tgan o'yinlarga qaraganda sezilarli darajada o'zgarishlarga qo'l urildi. Ulug'bek Baqoev va Aleksandr Geynrix kabi hujumchilarimiz qaydnomaga kiritilmadi. Vaholanki, muhim pallalarda tajriba birinchi navbatda qo'l kelardi. Baqoevni o'rnida Qatar bilan o'yinda ikkita gol urgan Bahodir Nasimov harakat qildi. Markaziy himoyada safar o'yinida o'zini ko'rsata olmagan va birinchi bo'limdayoq almashtirilgan Egor Krimec emas balki, Islom To'xtaxo'jaev asosiy tarkibda o'yinni boshlaydigan bo'ldi. Umuman olganda, Mirjalol Qosimov tarkibda katta o'zgarishlarga qo'l urdi.
Bellashuvni hujumkor ruhda boshlagan futbolchilarimiz beshinchi daqiqaga kelib hisobni ochishga muvaffaq bo'lishi. Server Jeparovning jarima zarbasidan uzatib bergan to'pini terma jamoadagi 50-uchrashuvini o'tkazayotgan Anzur Ismoilov darvozaga aniq yo'llaydi - 1:0. Men o'sha bahsni aynan Anzur Ismoilov ishg'ol etgan darvoza ortida tomosha qilganman. Erta urilgan gol terma jamoamizga birinchi daqiqalardanoq ustunlik berdi, ammo hisobda oldinga chiqib olgan "oq bo'rilar" xotirjamlikka berila boshladi va raqib ko'proq to'pga egalik qildi. Bo'lim oxirlariga kelib raqib futbolchilari qanotdan hujum uyushtirishdi, o'zbekistonlik futbolchilarning tartibsiz harakatlari natijasida hujum markazga ko'chdi. Markazda to'pni qabul qilib olgan Said Murjan uzoq masofadan kuchli zarba yo'lladi bilan hisobni tenglashtirdi. Darvozabonimiz Murod Zuhurov esa raqibining zarbasini bartaraf eta olmadi. Mirjalol Qosimov ikkinchi bo'limda maydonga yosh va hali etarlicha tajribaga ega bo'lmagan Igor Sergeevni qanot vingeri Jasur Hasanov o'rniga maydonga tashladi. Endilikda termamiz taktik sxemani o'zgartirib ikki markaziy hujumchi bilan o'ynashni boshlaydi. Tanaffusdan so'ng iordaniyaliklar ehtiyotkorlikka urg'u qaratib, ko'proq himoyalanishga etibor qaratishadi. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob o'zgarmagach avstraliyalik hakam Benjamin Uilyams ekstra-taymlarga murojaat qiladi.
Eksta-taymlarda terma jamoamiz ustunlikka ega bo'ladi, ammo tablodagi hisob o'zgarmaydi. Eksta-taymlarning birida "Paxtakor" stadionida chiroqlar o'chib qoladi va o'yin bir muddatga to'xtatiladi. Yakunda, keyingi bosqichga chiqqan jamoa nomini aniqlash uchun "lotereya"ga murojaat qilinadi.
Seriyani iordaniyaliklar boshlab beradi va dastlabki zarbani Anas Bani Yasin golga aylantiradi. Bizdan birinchi bo'lib nuqtaga yaqinlashgan Odil Ahmedovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytadi. Iordaniya futbolchilari ikkinchi zarbani ham golga aylantirishadi. Bizning ikkinchi zarbamizni sardorimiz Server Jeparov ijro etadi va oradagi farqni bitta to'pgacha qisqartirishga muvofiq bo'ladi. Iordaniya yana gol uradi, Timur Kapadze esa farqni yana qisqartiradi. Raqib yana bir bor o'z imkoniyatidan unumli foydalanadi. Keyingi zarbani himoyachimiz Islom To'xtaxo'jaev ijro etadi va mo'ljalda adashmaydi. Nihoyat, Iordaniya seriyadagi beshinchi zarbasida xatoga yo'l qo'yadi. Yosh Igor Sergeev esa hisobni tenglashtiradi - 4:4. Keyingi to'rtta zarbani Akmal Shorahmedov, Vitaliy Denisov, Ivan Nagaev va Sanjar Tursunovlar golga aylantirishadi. Raqib ham birorta xatoga yo'l qo'ymaydi. Muhammad Al-Dmeyrining aniq zarbasidan so'ng terma jamoamizning uchrashuvdagi yagona goliga mualliflik qilgan Anzur Ismoilov zarbani ijro etish uchun darvoza tomon keladi. Ismoilovning zarbasini raqib posboni osongina bartaraf etadi va Iordaniya terma jamoasini keyingi bosqichga olib chiqadi.
JCH-2014 saralash bosqichi. Pley-off.
O'zbekiston – Iordaniya – 1:1, Penaltilar seriyasida - 8:9
10.09.2013. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 25621 tomoshabin.
Bosh hakam: Benjamin Uilyams.
Gollar: Anzur Ismoilov, 5 – Said Murjan, 42.
O'zbekiston: Murod Zuhurov, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, Islom To'xtaxo'jaev, Akmal Shorahmedov, Timur Kapadze, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Oleg Zoteev (Sanjar Tursunov, 44), Jasur Hasanov (Igor Sergeev, 59), Bahodir Nasimov (Ivan Nagaev, 82).
Osiyo Kubogi-2019
Milliy terma jamoamiz 2019 yili BAAda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida argentinalik Ektor Kuper boshchiligida ishtirok etgandi. "Oq bo'rilar" ikkinchi savatchadan joy olishgan va qura natijalariga ko'ra Yaponiya, Turkmaniston va O'mon terma jamoalari bir guruhdan joy olgandi. Dastlabki turda O'mon Eldor Shomurodovning so'nggi daqiqalardagi goli evaziga taslim etilgan bo'lsa, ikkinchi bahsda qo'shnilarimiz Turkmaniston yirik 4:0 hisobida mag'lub etilgandi. Guruh bosqichini yakunlab beruvchi uchrashuvda "samuray"larga 2:1 hisobida mag'lub bo'lgandik. Terma jamoamiz 6 ochko bilan guruhda ikkinchi o'rinni egallashgan va "B" guruhida ikkinchi o'rinni band etgan amaldagi chempion Avstraliya terma jamoasi bilan chorak finalda to'qnash kelgandi.
Chorak final bahsi Al-Ayn shahridagi "Halifa Bin Zayd" stadionida bo'lib o'tadi. Kuper shogirdlari birinchi bo'limda ko'proq ustunlikka ega bo'lishiga qaramay, ikkinchi bo'limda avstraliyaliklar ham o'yinga zo'r berishadi. Asosiy vaqt va ekstra-taymlarda hisob ochilmaydi. Shunday qilib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritadigan jamoa nomini aniqlab berish uchun yana o'sha "lotereya"ga murojaat etiladi.
Avstraliyalik Mark Milligan seriyani boshlab beradi. Darvozabonimiz Ignatiy Nesterov to'p yo'nalishi to'g'ri topadi, ammo zarbani to'liq bartaraf eta olmaydi. Yarim himoyachimiz Otabek Shukurov terma jamoamizning dastlabki zarbasini ijro etadi va kuchli zarba bilan Metyu Rayanni dog'da qoldiradi. Avstraliya terma jamoasi qanot himoyachisi Aziz Bexichning zarbasiga Nesterov to'sqinlik qiladi. Terma jamoamizda seriyada oldinga chiqib olish uchun ajoyib imkoniyat paydo bo'ladi va Islom To'xtaxo'jaev navbatdagi zarbani amalga oshiradi. To'xtaxo'jaev kuchli zarba bilan darvoza markaziga zarba beradi, biroq tajribali Metyu Rayan o'z o'rnida qoladi va kuchli zarbani to'xtatib qoladi. Robbi Kruz yana Avstraliyani oldinga olib chiqadi, Kruzning zarbasi Ikrom Aliboev aniq zarba bilan javob qaytaradi - 2:2. "Yashil qita" vakillarining to'rtinchi zarbasini Apostolus Yannou golga aylantiradi. Terma jamoamizning to'rtinchi zarbasini Marat Bikmaev ijro etadi. Bikmaev chap burchakka aniq zarba bilan yo'llaydi, ammo Rayan zarbani qaytaradi va o'z terma jamoasini keyingi bosqichga olib chiqadi.
"Penaltilar seriyasi bu lotoreya" - deya fikr bildirgan edi terma jamoamiz sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuper o'yindan keyingi matbuot anjumanida.
Osiyo Kubogi-2019. 1/8 final
AVSTRALIYA - O'ZBEKISTON 0:0, penaltilar seriyasi - 4:2.
21 yanvar 2019. Al-Ayn. "Xalifa bin Zayd" stadioni.
Bosh hakam: Abdulrahmon Ibrohim Al-Jassim (Qatar)
Avstraliya: 1.Metyu Rayan, 2.Milosh Degenek, 4.Grant Rayan, 5.Mark Milligan, 9.Jeymi Maklaren (14.Apostolos Yannou, 75), 15.Kris Ikonomidis (10.Robbi Kruz, 96), 16.Aziz Bexich, 20.Trent Seynsberi, 21.Aver Mabil (7.Metyu Leki, 68), 22.Jekson Irvin, 23.Tom Rogich (8.Massimo Luongo, 111)
Zaxira: 12.Mitchell Langerak, 18.Daniel Vukovich, 3.Aleks Gersbax, 6.Metyu Yurman, 11.Endryu Nabbut, 13.Jeyms Jeggo, 17.Mustafo Amini, 19.Josh Risdon
O'zbekiston: 1.Ignatiy Nesterov - 6.Davron Hoshimov, 5.Anzur Ismoilov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 13.Oleg Zoteev (4.Farrux Sayfiev, 105) - 19.Otabek Shukurov, 9.Odil Ahmedov, 22.Javohir Sidiqov (8.Ikrom Aliboev, 73) - 11.Jaloliddin Masharipov, 17.Doston Hamdamov (16.Aziz Turg'unboev, 107), 14.Eldor Shomurodov (10.Marat Bikmaev, 104).
Zaxira: 12.Sanjar Quvvatov, 21.O'tkir Yusupov, 2.Akmal Shorahmedov, 3.Doston Tursunov, 15.Egor Krimec, 23.Odil Hamrobekov, 18.Fozil Musaev, 7.Sardor Rashidov.
Endi navbat Katanec jamoasiga
O'tgan yili Qatar maydonlarida bo'lib o'tgan 18chi Osiyo kubogi aslida 2023 yil yozida Xitoyda o'tkazilishi kerak edi, ammo pandemiya tufayli Chin yurti musobaqa mezbonligidan voz kechgandi. OFK 2022 yil oktyabr oyida musobaqa o'tkazish huquqini Qatar qo'lga kiritganini elon qildi. Shuningdek, qita birinchiligi yozda emas, qishga ko'chirildi. O'zbekiston yana ikkinchi savatchadan o'rin egalladi va qura natijalariga ko'ra Suriya, Avstraliya va Hindiston terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi. Musobaqadagi debyut bahsida terma jamoamiz Suriya bilan nursiz durang qayd etdi. Ikkinchi turda esa Hindiston 3:0 hisobida taslim etildi. So'nggi turda esa Avstraliya bilan durangga imzo chekdik. Nimchorak finaldagi raqibimi "F" guruhida ikkinchi o'rinni egallagan Tailand bo'ldi. Aziz Turg'unboev va Abbosbek Fayzullaevlarning gollari evaziga Tailandni 2:1 hisobida mag'lub etgan terma jamoamiz chorak finalda mezbon va amaldagi chempion Qatar bilan to'qnash keldi.
"Al Bayt" stadionida o'tkazilgan bahsda mezbonlar dastlabki golga mualliflik qilishadi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Qatar terma jamoasi sardori Hasan Al-Haydos o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasiga uzatadi, to'p esa rikoshet orqali o'z yo'nalishin o'zgartiradi va darvozamizdan joy oladi - 0:1. Darvozabonimiz O'tkir Yusupov kutilmagan zarbani qaytara olmaydi. 37-daqiqada o'z qanotidan ajoyib reyd amalga oshiradi va to'pni jarima maydonchasiga yo'llaydi, Azizbek Turg'unboevning darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasini Qatar himoyachisi Muhammad Vaad Al Bayati qaytarib qolgan edi. Ikkinchi bo'limning 59-daqiqasida yarim himoyachimiz Odiljon Hamrobekov maydon markazidagi hujumdan so'ng raqib darvozasi tomon zarba beradi va raqib darvozaboni Meshal Barshamni dog'da qoldirgan holda muvozanatni tiklaydi. Asosiy vaqtning qolgan qismida tablodagi hisob o'zgarmaydi va jamoalar 15 daqiqalik yana ikkita qo'shimcha taymlarga murojaat qilishadi.
Penaltilar seriyasini boshlab berish terma jamoamiz etakchisi Otabek Shukurov zimmasiga yuklatiladi. Shukurov kuchli zarbasi bilan seriyadagi hisobni ochib beradi - 1:0. Qatarliklardan esa to'pga birinchi bo'lib Akram Afif yaqinlashadi. Afif ham o'z imkoniyatidan unumli foydalanadi va seriyadagi hisobni tenglashtiradi. Terma jamoamizning ikkinchi zarbasini Rustam Ashurmatov ijro etadi, biroq Ashurmatovning zarbasini Barsham bartaraf etadi. Qatarning ikkinchi zarbasiga Almoez Ali mualliflik qiladi va Alining zarbasini O'tkir Yusupov to'sadi. Uchinchi zarbamizdan Shoxboz Umarov unumli foydalanadi va hisob yana biz foydamizga o'zgaradi. Amaldagi chempionlarning navbatdagi zarbasini himoyachi Al Mahdi Ali Muhtor ijro etadi va uning kuchli zarbasi o'ta noaniq bo'lgani sababli darvoza to'sini ustidan o'tib ketadi. Mana shu vaziyatda terma jamoamizda penaltilar seriyasida g'olib bo'lish uchun ajoyib imkoniyat paydo bo'ladi. Keyingi zarbani yosh futbolchimiz Zafarmurod Abdirahmatov yo'llaydi, penaltini o'zgacha uslubda ijro etish uslubiga ega himoyachimizning zarbasini Barsham bartaraf etadi. Keyingi zarbaning o'zidayoq Sulton Al Burayk hisobni tenglashtiradi - 3:3. Keyingi zarbani yo'llash uchun Jaloliddin Masharipov darvoza tomon keladi. Masharipovning darvoza o'rtasiga yo'llagan zarbasini Meshal Barsham o'rnidan qimirlagan holda qaytaradi. Ushbu zarba ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Endi esa barchasi Qatar terma jamoasining keyingi zarbasiga bog'liq edi. Mezbonlar gol urishsa yarim final bosqichiga yo'l olishar, agar Yusupov zarbani qaytarsa seriya davom etishi kerak edi. Lekin Qatar terma jamoasi azosi Pedro Korrea ajoyib zarbasi bilan Qatarni yarim finalga olib chiqqandi. "Oq bo'rilar" yana bir marotaba "lotereya"dan so'ng o'yga jo'nab ketadigan bo'lishdi.
Osiyo Kubogi-2023. 1/4 final.
“Al-Bayt” stadioni, Al-Hor shahri
03.02.2024
QATAR – O'ZBEKISTON 1:1, penaltilar seriyasi 3:2.
Gol: 27 - O'tkir Yusupov (avtogol ), 59 - Odil Hamrobekov
Bosh hakam: Kim Xi Gon (Janubiy Koreya)
O'zbekiston: 1. O'tkir Yusupov, 4. Farrux Sayfiev ( Zafarmurod Abdirahmatov, 99), 5. Rustam Ashurmatov, 7. Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (s), 11. Oston O'runov (Shoxboz Umarov, 74), 15. Umar Eshmurodov, 19. Azizbek Turg'unboev (Muhammadqodir Hamraliev, 106), 22. Abbosbek Fayzullaev ( Xojimat Erkinov,114), 18. Abdulla Abdullaev.
Zaxira: Abduvohid Nematov, Botirali Ergashev,Bobir Abdixoliqov, Jamshid Boltaboev, Jamshid Iskanderov, Aziz Amonov, Hojiakbar Alijonov, Diyor Xolmatov .
Qatar: 22. Meshal Barsham, 2. Pedro Korrea, 3. Al Mahdi Ali Muhtor, 4. Muhammad Vaad Al Bayati (18. Sulton Al Burayk, 108), 12. Lukas Mendes, 5. Tariq Salmon , 10. Hasan Al Haydos (Holid Mazii, 54), 11. Akram Afif, 19. Almoez Ali, 20. Ahmad Fathi (23. Mustafo Tariq Mashal, 103) Abdulla, 24. Jass
O’xshash yangiliklar

Fikrlar