Duayt York: "31 yoshli Pogba MYUning butun yarim himoyasidan yaxshiroq formada"
27 fev 16:43
Yangiliklar


Duayt York: "31 yoshli Pogba MYUning butun yarim himoyasidan yaxshiroq formada"
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Duayt York yarim himoyachi Pol Pogba "qizil iblislar"ga yordam bera olishiga ishonmoqda.
"MYUning hozirgi holati va Pol nimalarga qodirligini bilganim tufayli, Pogbaga uchinchi imkoniyatni bergan bo'lardim. Diskvalifikaciya muddati yakuniga etishiga ikki oy qolgan bir vaqtda bu variantni o'rganib chiqishga chaqiraman. Unga shartnoma taklif qiling. O'zini ko'rsatishiga vaqt bering. "Yunayted" qiyin ahvolda, Pogba esa juda yaxshi futbolchi. U 31 yoshida, menimcha, hozir jamoamizda bor futbolchilardan ancha yaxshi sport formasida. Agarda siz butun yarim himoyamizdan kuchliroy futbolchini tekinga qo'lga kiritishni istasangiz, tezroq harakat qiling".
Eslatib o'tamiz, Pol Pogba "Yuventus"dan ketgach, erkin agent hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar